XX va XXI asrlarda ilm-fan misl körilmagan darajada rivojlanib, inson qadam Oyga yetdi. Fazoga köplab sunʼiy yöldoşlar uçirilib, Yerning istalgan joyini Internet orqali tomoşa qiliş mumkin böldi. Bir qaraşda Yer yuzida uçib, yurib yoki suzib boriş mumkin bölmagan joylar qolmagan.
Biroq dunyoda texnologiyalar qançalik rivojlanmasin, insonlar qançalik serdavlat bölmasin boriş mumkin bölmagan va hatto, taqiqlangan joylar bor. Ularni faqat suratlarda köriş mumkin, xolos. Bugun sizga boriş taqiqlangan hududlar haqida hikoya qilamiz.
Morgan oroli

Morgan oroli Amerikaning Janubiy Karolina ştatida joylaşgan. Bugungi kunda bu orolga borişning iloji yöq, hatto milliardlab pulingiz bölsa ham. Çunki orolda gerpes bilan kasallangan 5 mingga yaqin maymun yaşaydi.

Uşbu virusli kasallik bilan tananing terisi va şilliq pardalarida pufakçalar paydo böladi, ular qiçişadi va oğriq beradi. Kasallik juda yuqumli va davolaşning iloji yöq. Bu yerga tadqiqot uçun faqat tibbiyot markazlari xodimlari taşrif buyurişi mumkin. Oddiy odamlar uçun esa yöl yopiq.
Lasko ğori

Lasko ğori Frantsiyaning janubi-şarqida joylaşgan va devorlaridan 17 ming yil avval çizilgan rasmlar topilgan. Mazkur ğor özida qadimiy sanʼatning 900 ta namunasini saqlaydi. Hozirda uşbu obʼekt muhim paleolit asarlaridan biri hisoblanadi va uni “Qadimiy hayotning Sikstin kapellasi” deb ataşadi.

1963 yildan beri bu ğorga kiriş taqiqlangan. Çunki turistlar sababli ğorda karbonat angidrid gazi paydo bölgan. Oqibatda devordagi rasmlar eroziyalana boşlagan. Hozirgi kunda ğor omma uçun yopiq. Har ikki haftada maxsus guruh kelib, devorlarni zamburuğlardan tozalaydi.
Keymada-Grandi



Keymada-Grandi oroli Braziliyadan 35 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Butun dunyo böyiça faqatgina şu yerda eng xavfli ilonturi yaşaydi – orol botropsi. Uşbu ilonning zaxri odam terisi va badanini eritib yuboradi. Kimda kim tavakkal qilib şu orolga bormoqçi bölsa – öz hayoti bilan xayrlaşişiga töğri keladi. Braziliya hukumati xavfsizlikni öylab Keymada-Grandiga borişni taʼqiqlab qöygan.
Sentinil oroli


Sentinil oroli Tailand yaqinida joylaşgan bölib, 60 ming yil davomida sivilizatsiyadan uzoqda yaşagan xavfli aborigenlarning vatani hisoblanadi. Ikki sababga köra bu orolga borişga ruxsat berilmaydi. Birinçidan, aborigenlar begona har qanday odamga öq bilan hujum qiladi va deyarli har doim öldiradi. Ikkinçidan, ular mahalliy aholiga ular immuniteti moslaşmagan kasalliklarni yuqtirişi mumkin.
Bogimian daraxtzori
Bogimian boği – bu Kaliforniyaning Monte-Rio şahridagi 11 kvadrat kilometrlik xususiy hudud. Boğ San-Frantsiskodagi “Bohemian Club” deb nomlanuvçi xususiy klubga tegişli. Bu yerga boriş uçun faqat klub aʼzolariga ruxsat beriladi. 1899 yildan beri har iyul oyida dunyodagi eng nufuzli odamlar bu yerga kelişadi.

“Bohemian Club”ning doimiy aʼzolari jurnalistlar, rassomlar, musiqaçilar, şuningdek, yuqori darajadagi biznes rahbarlari va hukumat amaldorlari hisoblanadi. Klubga aʼzo bölişni xohlaydiganlar taxminan 15 yil navbat kutişi kerak. Bogimian boğiga klub aʼzolaridan taşqari, ular taklif qilgan mehmonlar ham kirişi mumkin. Albatta ular qattiq tekşiruvlardan ötadi.









