Toşkentda YPX avtomobili daraxtga borib urildi

Toşkentda YPX avtomobili daraxtga borib urildi

Faqatgina oddiy haydovçilar emas, balki yöl harakati xavfsizligiga masʼul bölgan organ xodimlari ham yöl-transport hodisasi sodir etişi mumkin. Toşkent şahri Yaşnobod tumanida YPX avotomobili yöl çetidagi daraxtga borib urildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar bermoqda.

Unga köra, joriy yilning  9 yanvar kuni soat 00:20 larda, Toşkent şahar Yaşnobod tumani Pahlavon Mahmud köçasida 1986 yilda tuğilgan haydovçi, Toşkent şahar IIBB YHXB YPX xodimi O.I. Lacetti rusumli maxsus xizmat avtomobilida harakatlanayotib, boşqaruvni yöqotgan va yöl çetidagi daraxtga urilgan.

Qayd etilişiça, YTH natijasida tan jarohati olganlar yöq. 

Mazkur hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borilayotgani maʼlum qilindi.

×