Pokiston terma jamoasi Samarqand şahrida bölib ötayotgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasining birinçi turida Isroil jamoasiga qarşi öynaşdan boş tortdi. Bu haqda “World Chess” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Pokiston jamoasining uçraşuvda iştirok etmasligi sababli Isroilga 4:0 hisobida texnik ğalaba yozilgan. Pokiston şaxmat federatsiyasi uşbu qaror mamlakat hukumati siyosatiga muvofiq hamda Falastin xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida qabul qilinganini maʼlum qilgan.
“World Chess” naşriga köra, turli millat vakillarini bir maydonga jamlaydigan şaxmat Olimpiadasi xalqaro siyosat voqeligi bilan töqnaş kelgan. Musobaqada 200 dan ortiq jamoa iştirok etayotgan bölsa-da, barça termalar özaro raqobatlaşişga tayyor emasligi namoyon böldi. Şu bilan birga, Pokiston terma jamoasi turnirda iştirokini davom ettirmoqda.
Maʼlumot uçun, 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi joriy yilning 15 sentyabr kuni Samarqandda start oldi. Ortda qolgan birinçi va ikkinçi turlarda Özbekistonning barça erkaklar va ayollar terma jamoalari (1, 2 va 3-jamoalar) işonçli ğalabalarini qölga kiritdi.









