Turkiya Isroilni falastinliklarga qarşi hujumlarni töxtatişga çaqirmoqda

Turkiya Isroilni falastinliklarga qarşi hujumlarni töxtatişga çaqirmoqda

Turkiya Isroilni falastinliklarga, jumladan yahudiy köçmançilarning hujumlari orqali bosimni zudlik bilan töxtatişga çaqiradi. Bu haqda seşanba kuni Anqarada Turkiya taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan iordaniyalik hamkasbi Ayman Husayn Abdulloh as-Safadiy bilan birgalikda matbuot anjumanida aytib ötdi.

Turkiya diplomatiyasi rahbari Isroil harbiylarining Iordan daryosining bosib olingan Ğarbiy sohilidagi Jenin şahri hududidagi harakatlari bilan boğliq Yaqin Şarqdagi keskinlikning yangi bosqiçiga izoh berdi.

“Biz Isroilning tinç falastinliklarga qarşi harakatlarini keskin qoralaymiz, bu Turkiya Taşqi işlar vazirligining keçagi bayonotida ham öz aksini topdi”, - dedi vazir.

Fidanning sözlariga köra, Turkiya va Iordaniya mintaqada barqarorlikni tiklaş uçun birgalikdagi qadamlarni davom ettiradi


×