Buyuk Britaniya va Kanada Pekinda ötkaziladigan qişki Olimpiya öyinlariga rasmiy delegatsiya jönatmaslikka qaror qildi.
Buyuk Britaniya Boş vaziri Boris Jonson Xitoy inson huquqlarini buzayotgani uçun na vazirlar, na boşqa rasmiylar tadbirlarda iştirok etmasligini aytgan. Pekin esa bu ayblovlarni rad etmoqda
Kanada ham Britaniya ortidan Pekindagi qişki Olimpiya öyinlariga diplomatik boykot eʼlon qildi.
“Kanada Xitoyda inson huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlardan çuqur taşvişda. Şu sababdan biz Pekindagi qişki Olimpiya va Paraltmpiya öyinlariga diplomatik vakillarimizni yubormaymiz” deb yozgan mamlakat Boş vaziri Jastin Tryudo Twitter sahifasida.
Uning fikriça, Kanada uning ittifoqçilarining bu harakati Xitoy uçun kutilmagan çora bölmaydi.









