“Cotton Campaign” koalitsiyasi Özbekiston paxtasiga boykotni bekor qilmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, “Cotton Campaign” koalitsiyasi mazkur qarorni 2021 yilda Özbekistonda paxta yiğim terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yöl qöyilmagani munosabati bilan qabul qilgan.
Maʼlumot uçun, “Cotton Campaign” dastlab 2009 yilda özbek paxtasiga boykot eʼlon qilgan edi.
Eslatib ötamiz, Xalqaro mehnat taşkiloti monitoring guruhi 2021 yildagi paxta terimi mavsumida Özbekistondagi 11 ming terimçi bilan suhbatlaşgan, ularning 99 foizi öz xohişi bilan işlayotganini aytgan. Barça viloyat va tumanlarda majburiy mehnat bilan boğliq juda kam holat aniqlangan yoki umuman kuzatilmagan.









