Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Saudiya Arabistoni podşohligidagi muqaddas Makka şahriga yönaltirilgan uçuvçisiz uçiş apparatidan foydalanilgan hujumga urinişni qatʼiyan qoralaydi. Bu haqda vazirlik bayonot eʼlon qildi.
“Saudiya Arabistoni Podşohligi bilan töliq birdamligimizni bildiramiz hamda muqaddas qadamjolar, tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvçi har qanday harakatlarni nomaqbul deb hisoblaymiz”, deyiladi bayonotda.
Şuningdek, vazirlik barça tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etişga, xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya qilişga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilişga çaqirgan.
“Keskinlikni kamaytiriş, mojaroning yanada tarqalişining oldini oliş hamda mintaqada tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaşga qaratilgan saʼy-harakatlarni qöllab-quvvatlaymiz”, deyiladi xabarda.









