“Bayroğimiz – faxrimiz” 18 noyabr Özbekiston Respublikasining “Davlat bayroği qabul qilingan kun.

“Bayroğimiz – faxrimiz” 18 noyabr Özbekiston Respublikasining “Davlat bayroği qabul qilingan kun.

Har bir xalq, millat uçun öz vatanining ramzlari muqaddas hisoblanadi. Boisi ularda öşa xalqning şonli ötmişi va buyuk kelajagi, asriy anʼana va urf-odatlari öz aksini topadi. Ana şunday ramzlardan biri bu davlat bayroğidir.

Har yili davlatimiz ramzi bölgan bayroğimizning qabul qilinganligi munosabati bilan joylarda turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazib kelinadi.

Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati sudyalari va Namangan şaharidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari iştirokida Davlatimiz bayroğiga nisbatan hurmat, eʼtibor, şuningdek ular qalbida vatanparvarlik tuyğularini şakllantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasining “Davlat bayroği töğrisida”gi qonuni qabul qilinganligining öttiz yilligi munosabati bilan “Bayroğimiz – faxrimiz” mavzusida maʼnaviy-huquqiy tadbir ötkazildi.

            Tadbirda mavzu yuzasidan Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi Abduraxmon Safayev maʼruza qildi.

“Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi qonun  1991 yil 18 noyabrda Özbekiston Respublikasi Oliy kengaşining navbatdan taşqari ötkazilgan  7 sessiyasida qabul qilingan.

Biz joriy yilda mamlakatimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovçi muqaddas timsol bölgan davlatimiz bayroği qabul qilinganligining 30 yilligini keng nişonlaymiz.

Davlatimiz bayroği boşqa ramzlar bilan birga xalqimizning şon-şarafi, tarixiy xotirasi va intilişlarini özida mujassam etib, şu yurtda yaşovçi har bir fuqaroga ğurur, faxr va iftixor bağişlaydi. Bayroğimizga nazar solganimizda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruxan jöşqinlikni, azmu şijoatimiz oşganini, qalbimizda ğurur va buyuk istiqbolga işonç tuyğusini his etamiz.

Özida juda katta maʼno-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta işlangan, özida butun Özbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, ğayrati va şijoatini, xalqimizga xos mehmondöstlikni, ajdodlar yodi hamda millat ğururini mujassam etgan bayroğimiz sayyoramizdagi barça mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazavordir. Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği-bayroqning butun uzunligi böylab ötgan töq moviy rang, oq rang va töq yaşil rangli uçta endan tarkib topgan töğri tört burçak şaklidagi matodir. Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santmetrga teng. Moviy rang, oq rang va yaşil rangli enlarning kenligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Özbekiston Respublikasining oq rangli enning çetlaridan kengligi 2,5 santimetrga  teng qizil hoşiyalar ötkazilgan.

Davlat bayroği va uning ramzi bugungi  Özbekiston sarhadida qadimda mavjud bölgan davlatlar bilan tarixan boğliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini özida mujassamlaştiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu-yaxşilikni, donişmandlikni, halollikni, şon-şuhrat va sadoqatni bildiradi.

Bobomiz Amir Temur davlati bayroği ham moviy rangda bölgan.

Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinçlik ramzi bölib, u kun çaroğonligi va koinot yoritqiçlari bilan uyğunlaşib ketadi. Oq rang - poklik, beğuborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, içki gözallikka intilişning timsoli.

Yaşil rang - tabiatning yangilaniş ramzi. U köpgina xalqlarda navqironlik, umid va şodumonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil çiziqlar – vujudimizda jöşib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy anʼanalarimiz bilan boğliq. Ayni paytda u qölga kiritilgan mustaqilligimizni ramzi ham. Yulduzlar barça uçun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğidagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yil nomamizga bevosita aloqador. Bizning ön ikki yulduzga bölgan eʼtiborimimz Özbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Tadbirda Davlat bayroğimizdagi 12 yulduz tasvirini özbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, öz tuproğida saodatiga intilişi ramzi sifatida tuşuniş lozimligini taʼkidlab ötildi.

Bugun milliy bayroğimiz davlat idora va muassasalari, öquv yurtlari, Özbekiston aʼzo bölgan xalqaro taşkilotlar, çet ellardagi elçixona va doimiy vakolatxonalarimmiz peştoqida hilrirab turibdi. Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz aʼzolari qatnaşyotgan xalqaro miqyosidagi siyosiy madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, olimpiada uyinlaridan tortib boşqa nufuzli sport musobaqalarida ham bayroğimiz Vatanimizning şaʼni, xalqimizning ğururini yorqin aks etirmoqda. Masalan, xalqaro sport bellaşuvlarida ğalaba qozongan sportçilarimiz şarafiga yurtimiz bayroği baland kötarilib madhiyamiz yangragan  lahzalarda har birimiz çeksiz hayajonga tuşamiz, heç kimdan kam emasligimizdan ğururlanamiz.

Tadbir davomida öquvçilar tomonidan bayroğimiz töğrisida şerlar öqilib va badiiy çiqişlar qilindi.

Xulosa örnida aytiş lozimki, davlatimiz bayroği tinç va osoyişta, ozod hamda erkin hayyotimiz, yoruğ kelajagimizga bölgan işonçimiz timsolidir.

Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatib, eslatib turişini har birimiz, ayniqsa, yoş avlod yodda tutişi maqsadga muvofiqdir.

sudya katta yordamçisi Alimardon Şaripov,

×