Rossiyaning eng serdaromad milliarderlari eʼlon qilindi. Alişer Usmonov neçançi örinda?

Rossiyaning eng serdaromad milliarderlari eʼlon qilindi. Alişer Usmonov neçançi örinda?

Asli kelib çiqişi özbek bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov 1,43 milliard dollar daromadi bilan “Forbes”ning 2020 yilda eng köp daromad topgan rossiyalik milliarderlar reytingida uçinçi örinni egalladi.

Qayd etilişiça, 2020 yilda eng köp daromad topgan rossiyalik milliarderlar röyxatida birinçi örinni Aleksey Mordaşov egallagan. Uning dividendlar va Tele2 operatorining aktsiyalarini sotiş orqali tuşgan daromadi 1,7 milliard dollarga teng.

Reytingda ikkinçi örin Vladimir Lisinga nasib qildi. Dividendlar va NLMK aktsiyalarini sotiş orqali topgan daromadi unga törtinçi örindan ikkinçi öringa çiqiş imkonini berdi. Maʼlum bölişiça, Lisinning daromadi taxminan 1,48 milliard dollarga teng. 

Kuçli uçlikka kirgan millarder Alişer Usmonov ötgan yili USM Holdings`ning 49 foiziga egalik qilgan. U katta dividendni “ Metalloinvest” AJdan olgan. 2019 yil oxirida kompaniya aktsiyadorlariga atigi 78,5 milliard rubl tölagan bölsa, 2020 yilga kelib oraliq dividendlar 140 milliard rublni taşkil etgan.

Kuçli beşlikni “Lukoyl” kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov (1,14 milliard dollar) hamda senator Sulaymon Kerimov (922 million dollar) yakunladi. Şu bilan birga, reytingda 645 million dollar daromad bilan “Çelsi” futbol klubi egasi Roman Abramoviç ham örin olgan.

Maʼlumot örnida, Alişer Usmonov 2000 yildan 2014 yilgaça “Gazprom” davlat konglomeratining şöʼba korxonasi – “Gazprom Investholding”ni boşqargan. Bundan taşqari, milliarder 2006 yilda özining sanʼat, fan va sport xayriya taşkilotiga asos solgan.

Şuningdek, “Forbes” reytingidan joy olgan Alişer Usmonov Facebookʼning birinçi investorlaridan biri hisoblanadi.

×