3 maktabning yuqori sinf öquvçi qizlari janjallaşdi

3 maktabning yuqori sinf öquvçi qizlari janjallaşdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryodagi maktabda öquvçi qizlar örtasida katta janjal çiqqani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB mazkur xabarlar böyiça munosabat bildirdi.

Unga köra, joriy yilning 20 sentyabr kuni Çiroqçi tumani 2, 4 va 5-umumiy örta taʼlim maktablari 9, 10, 11-sinfining 3 nafar öquvçilari, oldindan kelişmovçiligi bölgani sababli, 1-umumiy örta taʼlim maktabi maʼmuriy binosiga borgan. Şu orada özaro gaplaşiş vaqtida janjal yuz bergan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan 1-umumiy örta taʼlim maktabida içki işlar organlari, xalq taʼlim bölimi va mahalla fuqarolar yiğini faollari hamda ota-onalar iştirokida, janjalning kelib çiqiş sabablari örganilib, muhokama qilinmoqda.

Barça öquvçilarning ota-onalariga nisbatan Özbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 47-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylaştirilgan.

×