Özbekistonda 2028 yil 1 yanvardan boşlab pensiya yoşini har yili 3 oyga oşirib borgan holda 2039 yilda erkaklar uçun 63 yoşga va ayollar uçun 58 yoşga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 15 sentyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Aholi farovonligini taʼminlaş va pensiya taʼminoti tizimini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmoni loyihasida söz boradi.
Hujjatga köra, fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimida iştiroki hamda pensiya tölovi davri örtasida mutanosiblikni taʼminlaş maqsadida, şuningdek, aholining umr köriş darajasi ösişini inobatga olgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
- 2027 yil 1 yanvardan boşlab umumiy belgilangan pensiya yoşini bir yilga qisqartirilgan holda pensiya tayinlaş tartibini bekor qiliş;
- 2028 yil 1 yanvardan boşlab pensiya yoşini har yili 3 oyga oşirib borgan holda 2039 yilda erkaklar uçun 63 yoşga va ayollar uçun 58 yoşga yetkaziş.
Şu bilan birga farmon bilan pensiya yoşini oşiriş davrida pensiyaoldi yoşidagi fuqarolarga quyidagilar kafolatlanişi belgilanadi:
- pensiyaoldi yoşini vaj qilgan holda işdan böşatiş yoki işga qabul qilişdan boş tortişga yöl qöyilmaydi;
- işsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarga 2 yil avval muddatdan oldin pensiyaga çiqiş huquqi saqlanadi;
- yerosti işlarida, mehnat şaroiti zararli va oğir işlarda mehnat töliq iş kuni davomida band bölgan erkaklarga 50-55 yoş hamda ayollarga 45-50 yoşdan qonunçilikda belgilangan tartibda imtiyozli pensiyaga çiqiş huquqi saqlanadi;
- pensiya oluvçilarga tatbiq etiladigan soliq, transport va soğliqni saqlaş imtiyozlari saqlab qolinadi;
- erkaklarga 60 yoşdan va ayollarga 55 yoşdan jamğarib boriladigan pensiya mablağlarini oliş huquqi beriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026 yil 1 dekabrga qadar Özbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti töğrisida”gi hamda “Fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya taʼminoti töğrisida”gi qonunlariga hamda Soliq kodeksiga mazkur farmondan kelib çiqib, tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjat böyiça jamoatçilik muhokamasi joriy yil 30 sentyabrga qadar davom etadi.









