Özbekistonda pensiya hisoblanadigan iş haqi davri 20 yilgaça uzaytirilişi mumkin

Özbekistonda pensiya hisoblanadigan iş haqi davri 20 yilgaça uzaytirilişi mumkin

Özbekistonda pensiya hisoblanadigan iş haqi davri 5 yildan 20 yilgaça uzaytirilişi hamda past daromad olingan ayrim davrlar hisobdan çiqarilişi mumkin. Bu haqda bugun, 14 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan pensiya tizimini isloh qiliş böyiça takliflar taqdimotida söz boradi.

Qayd etilişiça, ön yilda mamlakatda pensiya miqdori 3,3 barobar oşirilgan, uning eng kam miqdori minimal isteʼmol xarajatlari darajasidan yuqori belgilangan. 2021 yilgaça 1,1 million nafar fuqaroning pensiyasi 400 ming sömdan kam bölgan. Bugungi kunda eng kam pensiya miqdori 878 ming sömni, minimal isteʼmol xarajatlari esa 715 ming sömni taşkil etmoqda.

Taqdimotda jamğarib boriladigan pensiya tizimi rivojlangan mamlakatlarda pensiya mablağlari iqtisodiyot uçun uzoq muddatli resurs vazifasini ötayotgani qayd etilgan.

Hisob-kitoblarga köra, mamlakatda pensiya tizimi töğri yölga qöyilsa, iqtisodiyotga uzoq muddatli mablağlarni jalb qiliş mumkin. Buni Xalqaro valyuta jamğarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro mehnat taşkiloti ekspertlari ham tasdiqlamoqda.

Şu bois pensiya tizimini ilğor xorijiy tajriba asosida isloh qiliş, jamğarib boriladigan, xususiy va korporativ pensiya tizimlarini rivojlantiriş zarurligi taʼkidlangan.

Hozirda fuqarolar iş haqining 0,1 foizi jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga ötkaziladi. Uşbu mablağlarga hisoblanadigan yillik 10 foizlik daromad bank omonatlaridan qariyb ikki barobar kam. Şu munosabat bilan mazkur tizimning jozibadorligini oşiriş va aholini unda faol iştirok etişga rağbatlantiriş böyiça yangi mexanizmlar taklif qilingan.

Xususan, oylik iş haqi 7,6 million sömgaça (pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravari) bölgan fuqaro jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga iş haqining 5 foizini ötkazsa, davlat tomonidan qöşimça yana 2,5 foiz miqdorida mablağ ajratiş közda tutilmoqda.

Oylik iş haqi 7,6 million sömdan yuqori bölgan fuqarolar uçun esa tölangan ijtimoiy soliqning şu miqdordan oşgan qismining 1 foizini ularning jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga ötkaziş taklif etilgan.

Pensiya miqdorini hisoblaş tartibini takomillaştiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Amalda pensiya oxirgi ön yillik mehnat faoliyatidagi beş yillik iş haqidan hisoblanadi. Şuningdek, iş haqining 6 million sömdan yuqori qismi hisobga olinmaydi. Bu ayrim hollarda fuqarolar pensiyasining örtaça miqdori pasayişiga olib kelmoqda.

Şu bois pensiya hisoblanadigan iş haqi davrini 5 yildan 20 yilgaça uzaytiriş hamda past daromad olingan ayrim davrlarni hisobdan çiqariş taklif qilingan.

Şuningdek, 2027 yildan boşlab pensiya hisoblaşda inobatga olinadigan iş haqining yuqori çegarasini hozirgi 6 million sömdan 6,6 million sömga oşiriş közda tutilmoqda.

Hisob-kitoblarga köra, yangi tartib asosida pensiyaga çiqadigan fuqarolarning pensiya miqdori hozirgiga nisbatan 8 foizga oşirişi mumkin.

Davlat rahbari pensiya tizimidagi özgarişlar millionlab fuqarolarning hayoti va kelajagiga daxldor ekanini taʼkidlab, har bir taklifning ijtimoiy va iqtisodiy taʼsirini puxta hisob-kitob qiliş zarurligini körsatib ötgan.

Bunday masalalarni aholi, keng jamoatçilik, ommaviy axborot vositalari va blogerlarni jalb qilgan holda oçiq muhokama qiliş, islohotlarning maqsadi va kutilayotgan natijalarini fuqarolarga aniq tuşuntiriş vazifasi qöyilgan.

Mutasaddilarga xorijiy tajribani har tomonlama puxta örganib, xususiy va korporativ pensiya tizimlarini yaratiş böyiça qonun loyihasini kiritiş vazifasi qöyilgan.


Teglar:
×