Surxondaryo viloyati hududidan ötgan Termiz-Boysun avtomobil yölida harakat tezligi meʼyori 130 kilometr/soatgaça oşirilişi mumkin. Bu haqda “Voha 24” dasturida xabar berildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 9 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida ötkazilgan Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş, infratuzilmasini yaxşilaş va tirbandliklarni kamaytiriş çora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişida berilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş böyiça respublika va viloyatdan taşkil etilgan işçi guruh vakillari Surxondaryo viloyatidagi xalqaro ahamiyatga molik M-39 Olmaota–Bişkek–Toşkent–Şahrisabz–Termiz avtomobil yölining Termiz–Boysun yönalişida harakatlanadigan avtotransport vositalarining harakatlaniş tezligini soatiga 130 kilometr qilib belgilaş böyiça körikdan ötkaziş, örganiş işlarini amalga oşirgan.
Unda M-39 avtomobil yölining 1315–1324-kilometri, yaʼni Oqrabod aholi yaşaş hududi oraliğida tezlik soatiga 90 kilometr, 1324–1326-kilometr oraliğida, Şifobuloq mahallasi hududida soatiga 70 kilometr, 1337–1349-kilometr oraliğida soatiga 100 kilometr, Şerobod tumani hududidagi 1374–1400-kilometr oraliğida esa soatiga 130 kilometr qilib belgilaş masalasi körib çiqilgan.
Örganiş işlari amalga oşirilib, mutaxassislar tomonidan kamçiliklar bartaraf etilişi va şundan söng qayta körikdan ötkazilib, körsatilgan kilometrlar oraliğida tavsiya etilgan tezlik joriy etilişining maqsadga muvofiqligi maʼqullangan.









