Xitoy rahbari Si Tszinpin xorijiy davlatlarga taşriflari çoğida mezbon tomonning avtomobilidan emas, öziga maxsus tayyorlangan bronlangan limuzinidan foydalanadi. Keça, 12 sentyabr kuni BRICS sammitida qatnaşiş uçun Hindistonga taşrif buyurgan Xitoy raisining maxsus avto-ulovi OAVda qizğin muhokama qilindi. Bu haqda Hindistonning “Free Press Journal” naşri xabar berdi.
Qayd etilişi, “Qizil bayroq” maʼnosini anglatuvçi Hongqi N701 modeli Xitoy rahbari uçun maxsus yaratilgan bölib, erkin savdoda sotilmaydi.
Ayni kunlarda Si Tszinpin Nyu-Dehlida bölib ötayotgan BRICS sammitida iştirok etyapti. Mahalliy OAV vakillari Xitoy raisiga tegişli maxfiy avtomobilni körişga urinib, uning qalin maxsus çexol bilan qoplanganini xabar qilgan.
Limuzinning uzunligi qariyb 5,5 metr, oğirligi esa 3 tonnadan ortiq. Avtomobilni yirik xromlangan radiator panjarasi, qoraytirilgan faralari va qizil bayroq körinişidagi belgilari orqali taniş mumkin.
Naşrga köra, N701’ning eng muhim xususiyatlari uning taşqi körinişi ortida yaşiringan. Avtomobil kuçaytirilgan bronya, öq ötmaydigan oyna va şikastlangan taqdirda ham harakatni davom ettiriş imkonini beruvçi mustahkamlangan ğildiraklar bilan jihozlangan.
Jurnalistlar limuzinda kimyoviy va biologik tahdidlardan himoya qiluvçi mustaqil hayotni taʼminlaş va havoni bosim ostida uzatiş tizimlari, şuningdek, xavfsiz aloqa kanali uçun himoyalangan kommunikatsiya tizimi mavjudligini qayd etgan. Bronyaning aniq parametrlari va avtomobilning texnik jihozlari maxfiy saqlanadi.
Maʼlum bölişiça, maxsus avtomobil 6 litrlik V12 dvigateliga ega bölib, uning quvvati qariyb 408 ot kuçini taşkil etadi. Limuzin avval ham Si Tszinpinning Rossiya, AQŞ, Gonkong va Misrga taşriflari çoğida uni kuzatib borgan.
“Free Press Journal” naşrining yozişiça, Si Tszinpinning avtomobili Hindistonda paydo bölişi BRICS sammitining oddiy logistika tafsiloti emas. Maxsus limuzin xavfsizlik, siyosiy ramz va Xitoyning sanoat imkoniyatlari namoyişini birlaştiradi.
Maʼlumot uçun, brend 1958 yilda First Automotive Works kompaniyasi tomonidan Xitoy rahbariyatiga xizmat körsatiş uçun taşkil etilgan. Dastlabki avtomobillar qölda yiğilgan va ular Mao Tszedun bilan boğliq ramz sifatida qabul qilingan.
Keyinçalik brend öz nufuzini yöqotgan, ammo Si Tszinpin davrida qayta tiklanib, texnologik mustaqillik va milliy ğurur ramziga aylantirilgan.









