Si Tszinpin Kompartiyada yarim asrdagi eng katta “tozalaş”ni amalga oşirdi

Si Tszinpin Kompartiyada yarim asrdagi eng katta “tozalaş”ni amalga oşirdi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin mamlakatda kölami böyiça “tozalaş” darajasi Mao Tszedun davriga tenglaşadigan va Xitoyning iqtisodiy barqarorligiga tahdid soladigan keng kölamli korruptsiyaga qarşi kampaniya ötkazmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Xitoy moliya bozorining sobiq regulyatori Fan Sinxay bilan boğliq hodisa eng yaqqol misollardan biri böladi. Joriy yilning iyul oyida u Pekin universitetidagi seminarda çiqiş qilişi kerak bölgan, ammo kutilmaganda u bunday qilmagan. Keyinçalik “Sinxua” amaldorning partiya intizomi va qonunçilikni jiddiy buzganlikda gumonlanib, tergov ostida ekanini xabar qilgan.

Naşrning yozişiça, kelasi yili bölib ötadigan Kompartiya sʼezdi oldidan tozalaş kampaniyasi Xitoy elitasining tobora kengroq doiralarini qamrab olmoqda. Uşbu sʼezdda Si Tszinpin partiya yetakçisi lavozimida törtinçi beş yillik muddatni olişi kutilmoqda.


Kampaniya kölamini XKP Markaziy Komitetining yaqinda bölib ötgan beşinçi plenumi namoyiş etgan. Uning aʼzolarining taxminan çorak qismi, asosan, kadrlar tozalanişi sababli qatnaşmagan. Zamonaviy Xitoy tarixida Mao Tszedunning “Madaniy inqilobi” davridan beri bunga öxşaş narsa kuzatilmagan.

Klermont-Makkenna kolleji professori Minsin Peyning hisob-kitoblariga köra, Si Tszinpin boşqaruvi davrida Kompartiyaning 7,2 millionga yaqin aʼzosi turli siyosiy, maʼmuriy yoki sud jazolariga tortilgan. Ular orasida kamida 632 nafar yuqori martabali amaldor bor. Sining 2023 yilda boşlangan uçinçi muddatida jazolangan amaldorlarning örtaça soni yiliga 800 mingdan oşgan. Umuman olganda, uşbu davr mobaynida kamida 628 nafar xitoylik partiya funktsioneri bevosita jinoiy javobgarlikka tortildi va, ehtimol, real qamoq jazosini olgan.

Şu bilan birga, uşbu siyosatning samaradorligi munozarali bölib qolmoqda. “Transparency International” maʼlumotlariga köra, Xitoyda korruptsiyani qabul qiliş indeksi 2012 yildan beri bor-yöği 39 dan 43 ballgaça yaxşilangan.

Tozalaşlarning davlat apparati işiga taʼsiri mutaxassislarda xavotir uyğotmoqda. Amaldorlar korruptsiya yoki sodiq emaslikda ayblanişdan qörqib, mustaqil qarorlar qabul qilişdan va tavakkalçilikka ega loyihalardan tobora qoçmoqda. Bu, ayniqsa, içki talabning kuçsizligi va mahalliy hokimiyat organlarining qarzlari bilan boğliq muammolar fonida xavfli.

“Mahalliy amaldorlar tajriba ötkazişdan köra siyosiy böysunuvçanlikni afzal körişlari mumkin”, deya Oxford Economics tönğiç iqtisodçisi Şeana Yuening bahosini keltiradi naşr.

Oliy rahbariyatga kelib tuşadigan maʼlumotlar sifatining yomonlaşuvi yana bir oqibat bölmoqda. Jazolaniş qörquvi sababli amaldorlar muammolarni yaşirişlari va rahbariyatga faqat u eşitişni xohlagan narsalarni xabar qilişlari mumkin. Bu, ayniqsa, iqtisodiy siyosatda xato qarorlar qabul qiliş xavfini tuğdiradi.

Şunga qaramay, mutaxassislar korruptsiyaga qarşi kampaniyaning töxtatilişini kutmayapti. Uni ötkazişdan asosiy maqsad tobora partiya apparatining Si Tszinpinga şaxsiy sodiqligini taʼminlaş bölib bormoqda.

“Uning ön yillik davolaşi iş bermadi, hatto unga eng yaqin odamlar ham korruptsiyaga botayotgani aniqlandi. Uning javobi esa – dozani oşirişdir”, deya Si Tszinpin strategiyasini tavsiflaydi Jamestown Foundation ilmiy xodimi Kristofer Nay.


×