30 avgust kuni ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Hindiston Boş vaziri Narendra Modi bölib ötgan muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari Hindiston Boş vazirining Özbekistonga tarixiy taşrifi katta ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidlagan.
.jpg)
Özbekiston yetakçisi uşbu sermahsul muzokaralar ikki davlat örtasidagi samimiy döstlik, yuksak hurmat va özaro işonçning yana bir yorqin ifodasi bölganini qayd etgan.
Hindiston jahon miqyosida katta obrö-eʼtibor va nufuzga ega bölgan işonçli va salohiyatli strategik şerik ekani eʼtirof etilgan. Hindistonning raqamli texnologiyalar, dasturiy taʼminot va startaplar sohasidagi ulkan yutuqlari yuqori baholangan.
.jpg)
Şu sabab taşrifga jiddiy tayyorgarlik körilgan, salmoqli hujjatlar töplami, jumladan, Qöşma bayonot qabul qilinib, qator hukumatlararo bitimlar imzolangan.
Ikki tomonlama munosabatlar keng qamrovli strategik şeriklik bosqiçiga kötarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Maʼlum qilinişiça, asosiy eʼtibor iqtisodiy masalalarga qaratilgan. Ötgan yili özaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga ösib, 1,3 milliard dollarni taşkil qilgan. Uşbu raqamni 2030 yilga qadar 5 milliard dollarga yetkaziş rejasi belgilangan.
(3).jpg)
Taşrif doirasida muhim qöşma investitsiya loyihalari portfeli işlab çiqilgan. Bir qator yirik hind kompaniyalari bilan aniq kelişuvlarga erişilgan.
Muloqotlar davomida energetika, nodir minerallar, soğliqni saqlaş, farmatsevtika, elektronika, maşinasozlik, zargarlik va qişloq xöjaligi sohalarida hamkorlikni kuçaytiriş uçun yangi “ösiş nuqtalari” belgilab olingani maʼlum qilingan.
Xalqaro va mintaqaviy maydonlarda, jumladan, BMT, ŞHT, Qöşilmaslik harakati, BRIKS va Global janub mamlakatlari bilan hamkorlik doirasida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş muhimligi taʼkidlangan.
Madaniy-gumanitar aloqalar haqida söz yuritilar ekan, Özbekistonda Hindistonning 4 ta oliygohi faoliyat körsatayotgani hamda Lal Bahodur Şastri va Mahatma Gandi nomidagi markazlar samarali işlayotgani eʼtirof etilgan.
Şuningdek, 30 kunlik vizasiz tartib va haftasiga 14 marta amalga oşirilayotgan havo qatnovlari turizmni rivojlantirişga katta hissa qöşişi taʼkidlangan.
Davlat rahbari sözining yakunida erişilgan kelişuvlar ijrosini töliq taʼminlaş maqsadida keng qamrovli “yöl xaritasi” işlab çiqilişini bildirib, Hindiston Boş vaziri va barça iştirokçilarga minnatdorlik izhor etgan.









