2026 yilgi “Oltin töp” mukofoti uçun yakuniy nomzodlar röyxati eʼlon qilindi. “France Football” tomonidan taqdim etilgan asosiy nominatsiyada 30 nafar futbolçi boş sovrin uçun kuraş olib boradi.
Nomzodlar orasida amaldagi sovrin sohibi Usmon Dembele, şuningdek, Lionel Messi, Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Erling Holand, Harri Keyn, Jud Bellingem, Vinisius Junior va boşqa yulduzlar bor.

Lionel Messi uçun bu nominatsiya alohida ahamiyatga ega. Argentinalik futbolçi faoliyati davomida sakkiz marta “Oltin töp”ni qölga kiritgan va 2026 yilgi sovrin uçun ham daʼvogarlar safidan joy oldi. Messi mazkur sovrinni rekord darajada köp – sakkiz marta qölga kiritgan.
Şu bilan birga, Messining azaliy raqibi Kriştianu Ronaldu bu yilgi nomzodlar röyxatidan joy olmadi. Şu tariqa, portugaliyalik futbol yulduzi ketma-ket uçinçi mavsum “Oltin töp” nomzodlari röyxatiga kirmadi.
2026 yilgi “Oltin töp” marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bölib ötadi. Bu sovrinning 70-marotaba topşirilişi böladi.









