Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş va içki bozorda narx-navo barqarorligini saqlaş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazgan edi. Unda göşt, tuxum, ösimlik yoği va şakar narxining keskin ösişi aholining noroziligiga sabab bölayotgani taʼkidlangan edi.
Viloyat, tuman, şahar hokimlari va sektor rahbarlariga öz hududida yaratilgan oziq-ovqat xavfsizligi böyiça tizim, bozordagi şart-şaroitlar va narx-navo böyiça xalqqa hisobot beriş böyiça vazifa yuklatilgan edi.
«Gazeta.uz»ning yozişiça, 18 oktyabr kuni yirik supermarket tarmoqlari, dökonlar va ayrim bozorlarda yuqori narx tasnifiga kiruvçi göşt yöqolib qolgani, mavjud göşt mahsulotlarining narxi esa 60 ming sömdan oşmayotgani maʼlum böldi. Bu haqda muştariylar ham maʼlum qilgan, ijtimoiy tarmoqlarda ham xabarlar qoldirilgan.
«Prezident hokimlarga mahsulotlar narxi oşişiga qarşi kuraşişni buyurdi. Hokimlar bu muammoni qanday hal qildi? Soliq xizmatlariga ‘Korzinka.uz’ va ‘Makro dökonlarida aylanib, 1 kilosi 50 ming sömdan qimmat bölgan göştlarni rastalardan olib taşlaşni buyurdi... Biz, isteʼmolçilar, endi tanlov huquqidan mahrummiz», — deb yozgan "Facebook"dagi 255 mingdan ortiq foydalanuvçini birlaştirgan «Potrebitel.uz» guruhi aʼzolaridan biri.
«Ekobozorga kiraverişda 60 ming sömdan göşt sotilayotgan edi, olmoqçi edik, sotuvçi suyak qöşib bera boşladi. ‘Bizga alohida suyaklar kerakmas, olayotgan göştimizdagi suyaklar yetadi’, degan gapimizga sotuvçi ‘unda sotmayman’, deb javob berdi. Rasmiy menejer Karimov B.ga murojaat qilsak, u ham sotuvçining gaplarini tasdiqladi», — deb yozgan boşqa bir foydalanuvçi hamda xabariga surat va videoyozuvlarni ilova qilgan.
«Bugun Yunusobod-14, Ahmad Donişdagi dökonga kirdim. Rastada dökon kam edi. 60 ming sömdan faqat yoğ va suyaklar bor edi. Sotuvçi: ‘Prezident farmoni — qimmat göşt sotilmaydi. Narxlar pasaymaguniça, bu farmongaça sotilgan yaxşi göşt bölmaydi’, dedi», — deb yozgan yana bir internet-foydalanuvçisi kommentlarda.
Toşkentdagi Parkent bozorida göşt 60 ming sömdan sotilmoqda, biroq juda köp suyak va yoğ qöşib berilyapti. Ismini oşkor etişni istamagan sotuvçining «Gazeta.uz»ga maʼlum qilişiça, «prezident farmoni» bilan göşt narxiga 60 ming sömlik çeklov qöyilgan, şu bois u yoğ va suyak qöşib berişga majbur bölyapti. Ötgan hafta xuddi şu göşt 70 ming söm bölgan. Sotuvçining fikriça, narxni nazorat qiliş befoyda, vaziyat yanada yomonlaşadi, bundan avval ham şu kabi öxşamagan urinişlar köp bölgan.
Boşqa bir sotuvçi ham göştni past narxda sotib, köp yoğ-suyak qöşişga majburligini tan olgan. Uning sözlariga köra, hozir bozorda 7 million sömdan kamiga 100 kiloli buqani topolmaysan. Bundan taşqari, çorva uçun yem narxi oşganini ham hisobga oliş kerak (masalan, yirik şoxli qoramol uçun sentyabr oyi boşida birjada 5,8 million söm bölgan maxsus yem narxi 6,9 million sömgaça kötarilgan).
Oloy bozoridagi göşt rastalarida ham narx 60 ming sömdan past. Ayni vaqtda qimmat göşt ham bor. «Gazeta.uz» muxbiri 83 ming sömga bifşteks göşt sotib olgan. Bonfile esa avvalgidek narxda – bir kilosi taxminan 120 ming sömdan.
Yirik supermarket tarmoqlarida ham göşt narxi 60 ming sömdan oşmayapti. Tarmoqlar hozirça uşbu holat yuzasidan biror izoh bermagan. Qayd etiş joiz, «Korzinka.uz» 17 oktyabr kuni Telegram’da göşt narxlari va suratlarini eʼlon qilgan: kökrak va qovurğa — 52 990 sömdan, töş — 58 890 sömdan, böyin — 59 990 sömdan.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari narxlarni barqarorlaştiriş uçun şakar, kartoşka, ösimlik yoği, göşt, qoramol va parrandani tirik holda va ularni söyişdan olingan mahsulotlarni olib kiriş, şuningdek ularni realizatsiya qiliş aylanmalarini qöşilgan qiymat soliğidan vaqtinça ozod qiliş taklifi bilan çiqqani maʼlum bölgan edi.









