Çeçenistonda 15 yoşli qiz bilmasdan yutib yuborgan igna bilan uç hafta davomida yaşadi. Bu haqda “Sapa Kavkaz” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa ösmir qiz römolini uçida bezagi bölgan igna bilan mustahkamlayotgan vaqtda sodir bölgan. Qiz zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan va ikki kundan keyin yot jism içakda ekani aniqlangan.
Şifokorlar uni endoskopik usulda çiqarib olişni rejalaştirgan, ammo igna juda çuqur joylaşgan. 20 kundan söng u tabiiy yöl bilan çiqib ketgan.
“Bu juda kamdan-kam uçraydigan holat va katta omad”, deydi bemorning qarindoşi bölgan şifokor-nefrolog Tamila Tsitsiyeva.
Tsitsiyeva römol öraydigan qizlarni ignani oğiz yaqinida tutmaslikka çaqirgan. Uning sözlariga köra, köpçilik buni avtomatik ravişda qiladi, ammo bitta qöpol harakat ötkir ignani yutib yuborişga olib kelişi mumkin, bu esa içki aʼzolarning şikastlanişi, jiddiy asoratlar va jarrohlik amaliyoti xavfini tuğdiradi









