Özbekistonda keyingi hafta, bir oz keçikiş bilan bölsa ham, bahor öz taʼsirini ötkazadi va havo harorati tez kötarila boşlaydi, deb xabar bermoqda “Özgidromet”.
Qayd etilişiça, 1—3 mart kunlari respublikaning köplab viloyatlarida asosan bulutli ob-havo bölişi kutilmoqda, vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi.
1 mart kuni kunduzi havo harorati 2-7 daraja iliq, respublika janubida esa ğayrioddiy bölsa ham 3 daraja sovuq — 2 daraja iliqdan past böladi. Respublika hududi böyiça dam olişi kunlari harorat asosan keçalari 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq böladi.
Şamol şarqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 1—2 mart kunlari 15-18 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Respublika böyiça baʼzi joylarga tuman tuşadi. Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yoğadi. Qor köçişi xavfi bor.
Toşkentda 1 mart kuni keçga tomon bir oz yoğingarçilik böladi, 2—3 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Harorat keçalari 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduz kuni 1 martda 4-6 daraja iliq, 2—3 martda 1-4 daraja iliq böladi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin.
Xabarda taʼkidlanişiça, mart oyining dastlabki kunlarida harorat foni bahorning boşlanişi uçun bölgan meʼyoriy qiymatlardan 4-6 darajaga past böladi. Bu esa ötgan yilga nisbatan deyarli pastdir. Bunda mart oyida havo harorati 20-25 darajagaça iliq böladi.









