Özbekistonni “yondiradigan” hafta kutmoqda

Özbekistonni “yondiradigan” hafta kutmoqda

Özbekistonda joriy hafta oxirigaça jazirama kuçayib, havo harorati ayrim hududlarda 44 darajagaça kötarilişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

Unga köra, bugun, 13 iyul kuni kunduzi Özbekiston böyiça issiq va asosan quruq ob-havo böladi, faqat Farğona vodiysining ayrim joylarida kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Hududning katta qismida havo harorati 38–41 daraja atrofida, şimolda, janubda va çöl hududlarida 42–44 darajagaça böladi.

Iş haftasining oxirigaça issiq asta-sekin kuçayib boradi.

Kunduzgi havo harorati 41–43 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarida 42–44 darajagaça kötariladi. Keçalari havo dim bölib, 23–28 daraja, şimolda, janubda va çöl hududlarida 28–33 daraja atrofida böladi.

Şamol şarqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 m/s gaça kuçayişi, ayrim hududlarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Joriy yilning 13–14 iyul kunlari ayrim toğli hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

13 iyul kuni Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona vodiysining toğ oldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Joriy yilning 13–14 iyul kunlari havo harorati 38–40 daraja, 15–17 iyulda 40–43 daraja, keçalari esa asosan 25–28 daraja böladi.


×