Prezident “Şahidlar xotirasi” xiyobonida qatağon qurbonlarini yod etdi

Prezident “Şahidlar xotirasi” xiyobonida qatağon qurbonlarini yod etdi

Bugun, 28 avgust kuni Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Şahidlar xotirasi” xiyoboniga Prezident boşçiligida davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, ulamolar, nuroniylar va ziyolilar yiğildi hamda qatağon qurbonlarini yod etiş marosimida vatan fidoyilari haqiga Qurʼon tilovat qilinib, duo öqildi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilişiça, marosimda elga oş ham tortilgan hamda xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qurʼon tilovat qilingan. Şu yerda davlat rahbarining ulamolar va ziyolilar bilan tarixiy xotirani asraş, qatağon qurbonlari nomini tiklaş hamda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalalari yuzasidan muloqoti bölgan.

“Şu kunlarda el-yurtimiz bilan birgalikda mustaqilligimizning 35 yilligini katta xursandçilik bilan kutib olyapmiz”, degan Şavkat Mirziyoyev. 
“Öttiz beş yildan buyon heç kimga qaram bölmasdan, mana şunday tinç va tiniq osmon ostida erkin va farovon yaşayapmiz. Bu – katta baxt, bebaho boylik. Şunday uluğ kunlarda istiqlol va ozodlik yölida halok bölgan qahramon ajdodlarimizni eslaş, ularning xotirasiga hurmat bajo keltiriş – muqaddas burçimiz”, deb aytgan Prezident.

Davlat rahbari fidoyi ajdodlarimizning qahramonligi heç qaçon unutilmasligi, ularning jasorati xalq uçun hamişa maʼnaviy kuç manbai bölib qolişini taʼkidlagan.

“Barça islohotlarimiz markazida turgan “Inson qadri uçun!” degan ezgu ğoya jasur ota-bobolarimizning ruhlarini şod etiş, orzu-niyatlarini röyobga çiqariş böyiça işlarimizni yanada kuçaytirişni talab etadi. Bu aziz insonlar xotirasi qança eʼzozlansa, bugungi tinç hayotimiz, milliy istiqlolimiz qadri şunça oşadi”, degan Prezident.

Maʼlum qilinişiça, keyingi yillarda qatağon qurbonlari xotirasini abadiylaştiriş va tarixiy adolatni tiklaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Şahidlar xotirasi xiyobonidagi Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi töliq rekonstruktsiya qilinib, ekspozitsiyasi boyitilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Raqamli tizimlar va sunʼiy intellekt yordamida körgazmalarning taʼsirçanligi oşirilgan.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlarda taşkil etilgan qatağon qurbonlari muzeylari ham zamon talablari asosida jihozlangan. Ularning fondlari dunyoning turli nuqtalaridan keltirilgan noyob hujjatlar va fotosuratlar bilan boyitilmoqda.

Bildirilişiça, 2021-2025 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qatağon qurboni bölgan 1 200 dan ziyod özbekistonliklar oqlangan. Joriy yilda sobiq mustabid tuzum davrida nohaq ayblanib, turli muddatlarga qamalgan yoki ölimga hukm etilgan yana 161 nafar vatandoş nomi oqlangan.

Qayd etilişiça, sönggi beş yilda jadidlar merosini örganişga bağişlangan ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam ötkazib kelinmoqda. Mustabid tuzumda nohaq qurbon bölgan özbekistonliklarning nomlari aniqlanib, ularning faoliyati, ilmiy va ijodiy merosi örganilmoqda. Yuzlab, minglab fidoyi yurtdoşlar haqidagi maʼlumotlar kitoblar, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali özbek xalqiga yetkazilmoqda.

Muloqotda ötgan asrning 80-yillarida ham minglab özbekistonliklar “paxta işi”, “özbek işi” degan soxta ayblovlar bilan siyosiy qatağonga uçragani qayd etilgan. 1983-1990 yillarda 40 ming nafar özbekistonlik tergov qilinib, 5 ming nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. 

Davlat rahbari dunyoda qurolli mojarolar va siyosiy qarama-qarşiliklar kuçayib, ular bizga yaqin mintaqalarga ham kirib kelayotgani taşvişli ekanini taʼkidlagan. Bu mamlakatdagi tinçlikni qadrlaş, yanada jips va hamjihat bölib yaşaşni talab etadi.

“Bizning yölimiz – tinçlik, döstlik va hamkorlik yöli. Özbekiston uşbu yöldan heç qaçon ortga qaytmaydi”, degan Prezident.

Bugun özbekistonliklar dunyoning istalgan mamlakatiga emin-erkin borib kelmoqda, Özbekiston barça davlatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilmoqda. Bu mustamlakaçilik zanjirlari va “paxta qulligi”dan butunlay ozod bölganimizning amaliy ifodasidir.

Şuningdek, marosimda hayot va kelajakni bilim hamda maʼrifat asosida quriş, uzoq-yaqin mamlakatlar bilan döstona hamkorlik qiliş Yangi Özbekiston taraqqiyotining muhim şarti ekani taʼkidlangan. Buyuk jadidlar bejiz millatni uyğoqlikka, bilim va maʼrifatga çaqirmagan. Ularning kuraş va maʼrifat maktabi bugun ham ğoyat dolzarb ahamiyatga ega.

Şu bois, yoşlarning sifatli taʼlim olişi, vatanparvar insonlar bölib voyaga yetişiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sönggi ön yilda oliygohlar soni 77 tadan 205 taga yetkazilgan, qabul kvotalari muntazam oşirib borilgan. Jahondagi TOP-100 talikka kiradigan oliygohlarda 3 ming 500 dan ziyod Özbekiston farzandlari taʼlim olmoqda. Maktab va maktabgaça taʼlim tizimlarida ham muhim özgarişlar amalga oşirilmoqda.

“Yoşlarni milliy ğurur asosida tarbiyalaşga alohida ahamiyat berişimiz kerak. Milliy ğurur – insonning qalbini, yuragini, butun vujudini kuç-ğayratga töldiradigan qudratli kuç. Milliy ğururi bor odam heç qaçon yengilmaydi”, degan Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, poytaxtda Islom tsivilizatsiyasi markazi barpo etilgan, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi butunlay qaytadan bunyod qilingan, Marğilonda Burhoniddin Marğinoniy nomidagi markaz işga tuşirilgan. Bular Yangi Özbekistonning taraqqiyot yöli – tinçlik, döstlik va bunyodkorlik, bilim hamda maʼrifat yöli ekanini tasdiqlaydi.

Sönggi ön yilda diniy-maʼrifiy sohada amalga oşirilgan islohotlar tufayli 100 mingdan ziyod Özbekiston fuqarolari hojilik maqomiga ega böldi. Davlat rahbari diniy jamoatçilik jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlaş, yoşlarga töğri tarbiya beriş jarayonlarida yanada faol iştirok etişiga işonç bildirgan.

“Bugun mana şu tabarruk maskanda turib, tinç-osoyişta hayotimiz, erişayotgan yutuqlarimiz uçun Yaratganga behisob şukronalar aytamiz. Mana şunday ozod va farovon kunlarni orzu qilib, armon bilan ötgan qahramon ota-bobolarimiz, jasur momolarimizning ruhlari şod bölsin! Yurtimiz tinçlik, taraqqiyot va farovonlik diyori sifatida yanada gullab-yaşnasin! Alloh taoloning özi Vatanimizni panohida asrasin!”, degan Prezident.

Ulamolar qatağon qurbonlari va Vatan ozodligi yölida jon fido etgan ajdodlar ruhiga duo qilib, Özbekistondagi tinçlik-xotirjamlik, fayz-u baraka barqaror bölişini tilagan.


Teglar:
×