Özbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida – 31 avgust Qatağon qurbonlarini yod etiş kuni böladi. Uşbu sana munosabati bilan 29 avgust kuni Şahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar yiğildi. Marosimda Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vatan fidoyilari haqiga Qurʼon tilovat qilindi. Elga oş tortildi. Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qurʼon tilovat qilindi. Şu yerda ulamo va ziyolilar bilan tarixni örganiş va yoşlarga örgatiş, mustaqillik va tinçlikni qadrlaş haqida muloqot böldi.
“Har yili Mustaqillik bayrami arafasida Vatan ozodligi yölida jon fido etgan ota-bobolarimiz haqlariga duo qilamiz. Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun kuraşgan qahramon ajdodlarimiz jasorati biz uçun doimo ibrat maktabi bölib qoladi”, dedi davlat rahbari.
Maʼlumki, öşa maşʼum yillarda 100 mingdan ziyod begunoh özbekistonlik qatağon qilingan. Minglab odamlar “xalq duşmani” degan nohaq ayblov bilan otib taşlangan, undan ham köpi surgun qilingan. Ularning ortidan minglab ayollar beva, bolalar yetim bölib qolgan. Oradan qariyb bir asr ötgan bölsa-da, öşa mudhiş davr çuqur iztirob bilan esga olinadi.
“Vatanimiz fidoyilarini uluğlaş, xotirasini abadiylaştiriş böyiça köp işlar qilyapmiz. Sönggi sakkiz yilda 1 ming 200 dan ziyod jafokaş bobolarimiz nomi oqlandi. “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi rekonstruktsiya qilinib, minglab yangi hujjatlar bilan töldirildi. Hududlarda ham şunday muzeylar taşkil etildi. Bu yil jadidçilik harakatining yölboşçisi Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nişonlayapmiz. Buxoro şahrida Jadidlar merosi davlat muzeyi taşkil qilinmoqda”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mana, ötgan yildan eʼtiboran, har yili oktyabrning birinçi haftasi Siyosiy qatağon qurbonlarini yod etiş haftaligi sifatida belgilangan. Bu yil uşbu tadbir Xotira va tarbiya haftaligi sifatida ötkaziladi. Bu borada millat oydinlari hayotini örganiş ğoyat muhim ekani taʼkidlandi.
“Jadid bobolarimiz har sohada ilğor edi. Birinçi özbek romani, teatr va kino asarlari, turli fanlar böyiça darsliklarni aynan ular yaratgan. Ötgan asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olgan turkistonlik talabalar qatağon qilinmaganida, butun jamiyatni özgartirardi. Bor tariximizni töğri yetkaza olsak, yoşlarimiz boşqa qahramon izlamaydi, yetuk bobolarimiz buning uçun tayyor namuna”, dedi Prezident.
Qayd etilişiça, bunday maʼnaviy asos umummilliy birlik va barqarorlik uçun ham zarur. Bugun dunyodagi vaziyat tahlikali bölib boryapti. Davlatlarning mustaqilligiga tahdidlar paydo bölyapti. Bularning barçasi doimo ogoh va hamjihat bölib, islohotlarni izçil davom ettirişni talab qiladi.
Ulamolar Özbekistondagi şu tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka barqaror bölişini tilab duolar qildi.









