IIB “Dindorlarga qarşi qatağon Namangan viloyatida davom etadi” nomli xabarga munosabat bildirdi

IIB “Dindorlarga qarşi qatağon Namangan viloyatida davom etadi” nomli xabarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh römol öragan öquvçi qizlar Içki işlar organlari xodimasi qarşisi tik turgani aks etgan surat tarqaldi. Oradan köp ötmay uşbu suratlarga mos ravişda “Dindorlarga qarşi qatağon Namangan viloyatida davom etadi” nomli xabar tarqatildi. Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi mazkur surat va maqolaga nisbatan munosabat bildirdi. 

IIBning qayd etişiça, joriy yilning 8 aprel kuni Yangiqörğon tumanidagi XTBga qaraşli 10-sonli maktab tomonidan tuman IIBga aloqa xati yuborilgan. Unda maktabda avvaliga 5 nafar, oxirgi kunlarda 10 nafar qizlar belgilangan tartibdagi maktab formasini kiyib yuriş qoidalariga rioya qilmayotgani, ularga bir neça marotaba maktab formasida, lozim bölsa, oddiy römol örab kelişlari töğrisida tuşuntiş berilgani, biroq ota-onalar ham, qizlar ham maktabning içki tartib-qoidalariga rioya qilmayotgani bayon qilingan.

IIBga köra, tuman IIB HPB XQMB katta inspektori tomonidan 10 aprel kuni uşbu maktabda tarğibot va taşviqot işlarini olib boriş maqsadida 9-10-11-sinflar örtasida jinoyat sodir etilişini oldini oliş yuzasidan muhokama yiğilişi taşkil etilgan.

Muhokama davomida aloqa xatida körsatilgan qizlar bilan profilaktik suhbatlar ötkazilib, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgust kungi 666-sonli Qarorida“Davlat umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomning 3-bobi (“Taʼlim muassasasi öquvçilarini zamonaviy maktab formasi bilan taʼminlaş va ularga qöyilgan talablar”)ga asosan, Özbekistonda aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy örta taʼlim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan öquvçilarning maktab formasiga turli din konfessiyalari hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvçi elementlarni (hijob, kipa, kaşaya, xoç va boşqalar) qöşişga yöl qöyilmasligi haqida tuşuntirilgan.

“Suhbat yakunida öquvçi qizlarga römol öraşlari mumkinligi, biroq maktabga belgilangan tartibda kiyinib kelişlari tuşuntirib ötilgan”, deyiladi Namangan viloyati IIB xabarida.

Manba: Qalampir.uz

×