Prezident Şavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni erta tongda Şahidlar xotirasi xiyoboniga taşrif buyurdi.
U yerda jamoatçilik vatanimiz fidoyilari, milliy istiqlol yölida qurbon bölgan ajdodlarimiz xotirasini yod etiş uçun yiğildi. Qurʼon tilovat etilib, ötganlar haqiga duo qilindi. Elga oş tortildi.
Mustabid tuzum davrida yurtimiz ozodligi uçun kuraşgan 100 mingdan ortiq vatandoşlarimiz qatağonga uçragan. Ularning qançasi “xalq duşmani” degan tuhmat bilan şafqatsiz otib taşlangan. Yana qançasi surgun qilinib, azob-uqubatlarga duçor etilgan. Oilalari parokanda bölib, mol-mulklari tortib olingan. Bu mudhiş jinoyatdan muştipar momolarimiz, onalarimiz ham omon qolmagan. Minglab ayollar beva, bolalar yetim qolgan.
Bu nafaqat ularning avlodlari, balki butun xalqimiz yuragidagi oğriqdir. Şu bois oradan şunça vaqt ötsa-da, barçamiz öşa mudhiş davrni iztirob bilan eslaymiz.
2001 yildan buyon 31 avgust – “Qatağon qurbonlarini yod etiş kuni” sifatida nişonlab kelinmoqda. Vatan fidoyilarining hayoti va merosini örganiş, xotirasini abadiylaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu yil Şahidlar xotirasi xiyobonida bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi binosi rekonstruktsiya qilindi.
Davlatimiz rahbari uşbu muzeyni kirib kördi. U yerda yaratilgan şaroitlar, tarixiy hujjatlar bilan tanişdi.
- Körinib turibdiki, katta salohiyatga ega yetakçilar, olimlar, adiblar, şifokorlar, öqituvçilar qatağon qilingan. Ular xalqimizning eng sara vakillari edi. Mustabid tuzumga millat közini oçadigan, unga özligini tanitadigan ziyoli insonlar kerak emas edi. Ularning aybi - buyuk bölgani, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Afsuski, şu paytgaça qatağon qurbonlarining töliq röyxati şakllantirilmagan edi. 2020 yil 8 oktyabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatağon qurbonlarining merosini yanada çuqur örganiş va ular xotirasini abadiylaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoyişi qabul qilindi.
Tarixçi olimlar jalb etilib, zulm qurboni bölgan barça insonlarni aniqlaş va nomlarini tiklaş böyiça katta işlar boşlandi. Çet ellardagi arxiv va muzeylar, kutubxona va fondlar bilan ham hamkorlik yölga qöyilib, ilmiy ekspeditsiyalar taşkil etilmoqda. Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Fanlar akademiyasi va boşqa taşkilotlarning arxivlaridan yangi-yangi maʼlumotlar topilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlarda qatağon qurbonlariga bağişlangan muzeylar taşkil etildi. Ularda rasmiy materiallar bilan birga oilaviy arxivlarda saqlanib qolgan köplab tarixiy hujjatlar, noyob suratlar töplanmoqda. Qatağon qurbonlarining nomlari, ularning hayoti va faoliyati viloyatlar, tumanlar kesimida aniqlanmoqda. Bu maʼlumotlar asosida köp jildlik “Qatağon qurbonlari” kitobi naşrga tayyorlanayapti.
Prezidentimiz bunday katta, ilmiy asarlar bilan birga maktab öquvçilari uçun sodda tilda, kiçik-kiçik kitoblar çiqariş zarurligini taʼkidladi. Buning uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarga Tarix institutining ilmiy xodimlarini biriktirib, har bir hududdagi jadid bobolarimiz, qatağon qurbonlari nomini tiklab boriş böyiça körsatma berildi.
Davlatimiz rahbari tarixni örganiş va örgatiş vazifalari haqida gapirdi.
- Biz şu vaqtgaça tarixning özimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yaşirib ötdik. Birovga yoqadimi-yoqmaydimi, ğururimizmi-armonimizmi, muvaffaqiyatmi yo xiyonatmi - hammasini haqqoniy yoziş kerak, - deya taʼkidladi Prezident.
Haqiqatni tiklaş borasidagi yana bir qadam - şu yil 25 avgust kuni Özbekiston Oliy sudi tomonidan 115 nafar qatağon qurboni oqlandi. Prezidentimiz bu qarorni olqişladi.
– Oradan qariyb yuz yil ötib adolat qaror topdi. Milliy istiqlolimiz uçun kuraş olib borgan, lekin reabilitatsiya qilinmay qolgan 115 nafar bobomizning pok nomlari oqlandi. Hali bundaylar qança? Vatanparvar insonlarning şaʼnini tiklaşga qaratilgan ezgu işlarni davom ettiriş kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Xiyobondagi ramziy qabr yonida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot böldi. Davlatimiz rahbari ajdodlar xotirasi, bugungi mustaqillik va tinçlik qadri haqida gapirdi.
- Jadid bobolarimiz yurtimizni ozod etişga, qoloqlikdan olib çiqib, hamma sohalarni rivojlantirişga borini bağişlagan. Buning badalini öz jonlari bilan tölagan. Biz bugungi mustaqillik, tinçlik, erkinlik şaroitida ularni eslaşimiz, eʼzozlaşimiz ham qarz, ham farz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Dunyoda bölayotgan voqealarga ogoh köz bilan qaraş, tinçlik-osoyiştalikning qadriga yetiş muhimligi taʼkidlandi.
- Hamma natijalar, mana şunday bayramlarimiz tinçlik tufayli. Işlarimiz, ibodatlarimiz tagida ilm-maʼrifat bölişi kerak. Islom tsivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarini taşkil etdik. Buyuk muhaddis va islom dini ulamolarimiz asarlari naşr etilmoqda. Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonun şu masalalarga qaratilgan. Imom-xatiblar, diniy jamoatçilik maʼnaviyatni yuksaltiriş, mehr-oqibatni mustahkamlaş, yoşlarga töğri tarbiya berişga bundan buyon hissa qöşadilar, deb işonaman, - dedi Prezident.
Allohdan ötganlarga rahmat, yurtimizga tinçlik va farovonlik tilab duo qilindi.









