Prezident 182 nafar mahkumni afv etdi

Prezident 182 nafar mahkumni afv etdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev afv töğrisidagi farmonga imzo çekdi. Unga köra, hibsdagi 182 nafar mahbus ozodlikka çiqariladi. Bu haqda Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan yöllagan bayram tabrigida aytilgan. 

Prezident farmoni hali matbuotda eʼlon qilinganiça yöq. 

“Xalqimizga xos keçirimlilik, bağrikenglik va olijanoblik tamoyillariga amal qilgan holda, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmişiga çin dildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan şaxslarga nisbatan afv instituti muntazam qöllanmoqda. Şu boradagi işlarimizning davomi sifatida Konstitutsiya kuni arafasida yana bir farmonga imzo çekdim. Unga köra, şu toifaga mansub 182 nafar şaxs muddatidan oldin ozod qilinib, erkin hayotga qaytarilmoqda”, deydi davlat rahbari.

Prezident keltirgan maʼlumotlarga köra, bu yil 4 mingdan ortiq şaxs sud zalidan ozod qilinib, 8 mingga yaqin fuqaroga nisbatan asossiz qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarilgan, 859 nafar şaxs oqlangan.

×