AQŞda saylovlari kuni arafasida asteroid Yer bilan töqnaşişi mumkin – amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson.
Muzlatgiç kattaligida bölgan asteroid Yerga AQŞda prezident saylovlari ötadigan sanadan bir kun oldin tuşişi mumkin. Bu haqda amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson maʼlum qildi.
“Muzlatgiç kattaligida bölgan 2018VP1 fazoviy toş biz tomon soatiga 25 ming mil (40,2 ming km/s) tezlik bilan yaqinlaşmoqda. U Yer bilan prezident saylovlaridan bir kun oldin – 2 noyabrda töqnaşişi mumkin”, – deb yozgan olim Instagram’ sahifasida.
Taysonning taʼkidlaşiça, bunday ölçamdagi asteroid katta ziyon yetkazmaydi. Avgustda NASA 2018 VP1 asteroidi 2 noyabr soat 18.33da Yerga minimal masofaga yaqinlaşişini maʼlum qilgan. NASA maʼlumotlariga köra, fazoviy jism Yerdan 384 ming km uzoqlikda uçib ötadi. Asteroidning Yer atmosferasiga kirişi ehtimoli 240tadan bittani yoki 0,41 foizni taşkil qiladi.
Asteroid 2018 VP1 2018 yil 3 noyabrda oçilgan. U harakatlaniş yönalişi Yer orbitasini kesib ötuvçi “Appolon” asteroidlar guruhiga kiradi. AQŞ prezident saylovlari 3 noyabr kuni ötkaziladi.
Manba: Effect.uz









