Qamal boşlandi: AQŞ Eron portlarini blokada qildi

Qamal boşlandi: AQŞ Eron portlarini blokada qildi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp topşiriğiga binoan Amerika harbiylari Hormuz böğozida rasman blokada boşladi. Bu haqda Oq uy rahbari Truth Social tarmoğida yozib qoldirdi.


Blokada keça, 13 aprel kuni AQŞning şarqiy vaqti bilan soat 10:00 da kuçga kirgan.

AQŞ OAVlari, jumladan CNN va Fox News xabar berişiça, Amerika harbiy-dengiz kuçlari böğozga kiriş yoki çiqişga urinayotgan kemalarni töxtatişni boşlagan.

Donald Tramp öz bayonotida agar biror kema blokadaga yaqinlaşsa, u darhol yöq qilinişi haqida ogohlantirgan. Uning aytişiça, AQŞ kuçlari “tez va qatʼiy” harakat qiladi. Şuningdek, u Eron flotining katta qismi yöq qilinganini daʼvo qilgan.

“Eronning kemalari dengiz tubida butunlay yöq bölib ketgan. Biz ularning oz sonli, ular “tezkor hujum” deb ataydigan kemalariga zarba bermadik, çunki biz ularni tahdid deb hisoblamadik. Ogohlantiriş: Agar uşbu kemalardan birortasi bizning blokadamizga yaqinlaşsa, ular darhol yöq qilinadi. Bu tez va şafqatsiz”, degan Oq uy rahbari.

Eron tomoni esa bu harakatni keskin rad etgan. Yuqori martabali harbiy maslahatçi Muxsin Rizoiy AQŞning blokadasi “muvaffaqiyatsizlikka mahkum” ekanini bildirib, mamlakat harbiylari har qanday tahdidga qarşi javob beriş uçun “katta imkoniyatlarga” ega ekanini taʼkidlagan.

Maʼlumot uçun, Hormuz orqali jahon neftining taxminan 15–20 foizi va suyultirilgan gazning 30 foizdan ortiği ötadi. Şu bois, bu hududdagi har qanday keskinlik global energetika bozoriga jiddiy taʼsir körsatadi.

Qayd etiş joiz, blokada haqidagi qaror Islomobodda ötgan AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlanganidan söng qabul qilingan. Tomonlar köplab masalalarda yaqinlaşgan bölsa-da, asosiy kelişmovçilik yadroviy dastur böyiça saqlanib qolgan.


×