2022 yil 25 mart kuni, Norin tumanida yaşovçi, Qirğiziston Respublikasidagi Jalolobodlik Davlat Universitetining 1-bosqiç talabasi, 1989 yilda tuğilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil noyabr oyida, Norin tumanida yaşovçi, Andijon şaxridagi maktab direktori örinbosari, 1995 yilda tuğilgan fuqaro uning işonçiga kirib, Qirğiziston Respublikasi Jalalobod Davlat Universiteti sirtqi taʼlim yönalişdagi öqişini Namangan viloyatidagi oliygohlarning biriga ötkazib berişini aytib, aldab, 250 AQŞ dollari olib, hozirga qadar öqişga kiritib qöymasdan yoki olgan pullarini qaytarib bermayotganligi maʼlum qilib, çora körişni söragan.
Bundan taşqari, uşbu fuqaro 2021 yil mart oyidan avgust oyiga qadar bölgan vaqt oraliğida Norin tumanida yaşovçi, Qirğiziston Respublikasi Jalalobod Davlat Universitetining 2-bosqiç talabasi, 2002 yilda tuğilgan fuqaroning ham işonçiga kirib, kontrakt pullarini tölab qöyişini aytib, aldab, 800 AQŞ dollarini olib, özining şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Uşbu holat böyiça tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 14 aprel kuni Öz.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









