Namangan şahrida Telegram’dagi sir saqlanişi lozim bölgan sözlaşuvni internetda tarqatiş bilan qörqitib, 17 yoşli qizdan pul talab qilgan 20 yoşli yigit uşlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Qayd etilişiça, 2021 yil 30 avgust kuni Namangan şahrida yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan qiz ariza bilan murojaat qilib, tanişi, Namangan şahrida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan bola u bilan tanişib, Telegram’da sir saqlanişi lozim bölgan sözlaşuvlar va videoyozuvlarni tarqatib yuborişini aytib, uni qörqitib, undan 150 000 söm va 200 AQŞ dollarini talab qilayotganini maʼlum qilib, çora körişni söragan.
Mazkur ariza yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan şahrida joylaşgan «Adiblar maydoni» oldida bola arizaçidan 200 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Uşbu holat böyiça Namangan şahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Uşbu modda bilan aybdor deb topilgan şaxslar uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.









