“Inter Mayami”ning biznes operatsiyalari böyiça prezidenti Xaver Asensi hujumçi Lionel Messi futbolçilik faoliyatini yakunlaganidan söng, klubda qanday maqomga ega bölişi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda Asensi “Marca” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Bir kun kelib Messi futbol öynamay qöyadi. Bu haqda gapiriş oğriqli, ammo haqiqat şuki, u yana 15 yil öynay olmaydi. Leodan keyingi davr haqida öylamaslik ahmoqlik bölardi. Ammo u öynaşni istar ekan, öynaşda davom etsin. U boşqalardan köra, faoliyatini qaçon yakunlaşini özi hal qiliş huquqiga ega”, deydi Asensi.
“Inter Mayami” rahbarining sözlariga köra, Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin ham özini “Inter Mayami”ga bağişlaş imkoniyatiga ega böladi.
“Amaldagi reglamentga köra, u hozir klub egalaridan biri böla olmaydi, çunki MLS qoidalari bunga yöl qöymaydi. Biroq u futbol öynaşni töxtatişi bilanoq “Inter Mayami” aktsiyadorlaridan biriga aylanadi”, deydi Asensi.
Maʼlumot uçun, 38 yoşli Messi “Inter Mayami” safida 2023 yildan buyon töp tepib kelmoqda.









