Özbekistonda Temu faoliyati qaçondan bloklanişi aytildi

Özbekistonda Temu faoliyati qaçondan bloklanişi aytildi

Joriy yilning 20 mart kunidan boşlab Özbekiston qonunçiligi talablariga muvofiq Temu platformasidan foydalaniş belgilangan tartibda çeklanadi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 26 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 885-son qarorining 2-bandi bilan elektron tijorat operatorlari, xususan elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik şaxslar – Özbekiston Respublikasi rezidentlari faoliyat yuritişi mumkinligi belgilangan.

Şu sababli xizmat körsatuvçi xorijiy elektron savdo platformalari faoliyatini örganiş jarayonida ayrim elektron savdo platformalari Özbekiston Respublikasining elektron tijorat, çakana savdo, reklama, şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş, isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş, mualliflik huquqi va turdoş huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotgani aniqlangan.

“Yuqoridagilardan kelib çiqib, qonunçilik talablariga muvofiq, 2025 yil 20 martdan boşlab xorijiy elektron savdo platformalaridan, xususan, Temu platformasidan foydalaniş belgilangan tartibda çeklanadi”, deyiladi xabarda.

Şuningdek, agentlik Temu platformasidan buyurtma bermaslikka çaqirgan.

“Agar buyurtma bundan oldin amalga oşirilgan bölsa, platformada tölovni qaytarişni taşkil etiş tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×