Bir neça kun muqaddam Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi tomonidan Toşkent viloyati Bekobod şahar tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimiga holsizlik, tana haroratining kötarilişi, qorinda oğriq, köngil aynişi, qayt qiliş, iç ketiş belgilari bilan 15 nafar boğça yoşidagi bolalar olib kelingani xabar qilingan edi.
Maktabgaça taʼlim vazirligi Bekoboddagi 15-sonli MTTdagi oziq-ovqatdan zaharlaniş holatini çuqur örganib çiqdi va ayni vaqtdagi holat haqida xabar berib ötdi.
Joriy yilning 27 sentyabr kuni Bekobod şahar tibbiy birlaşmasi yuqumli kasalliklar bölimiga 19 nafar bola «ötkir diareya, gastroenterit» dastlabki taşhisi bilan keltirildi.Oğir holatlar qayd etilmagan, 3 bolaning holati örta oğirlikda, 15 nafari qoniqarli va bir bola uyga jönatilgan. Davolaşdan söng, bolalarning barçasida tuzaliş tomon ijobiy dinamika kuzatilmoqda.
Uşbu maʼlumot yetib kelgan zahoti, Bekobodga maktabgaça taʼlim vazirligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligi mutaxassislardan iborat işçi guruhi darhol jönatilgan.
Zaharlaniş sababini aniqlaş maqsadida suv,oziq-ovqat, oşxona jihozlari, xodimlar qöli va kiyimlaridan surtmalar, ovqatning sutkalik namunasi, şuningdek kasalxonaga yotkazilgan bolalardan analizlar olingan. Barça materiallar Davlat sanitariya-epidemiologiya markaziga yuborilgan.
Örganiş jarayonida quyidagilar aniqlandi:
• MTT yangi maişiy muzlatgiçlar bilan jixozlangan va ular işçi holatida;
• xodimlar tibbiy körikdan ötganlar va sanitar kitobçasiga egalar;
• MTT suv taʼminotida uzilişlar bölib turadi. «Ariston» suv isitgiçi işçi holatida emas;
• dezinfektsiya va yuviş vositalarining zahirasi mavjud bölişiga qaramay xodimlar ularni işlatmaydilar;
• guruhlarda emallangan idiş-tovoq yetarli emas;
• guruhlarga içimlik suvi qöyilmagan;
• 27- sentyabr kun taomnomasiga bir-biriga mos kelmaydigan taomlar kiritilgan(bodring va kisel, quyultirilgan sut va olma);
Ötkazilgan tekşiruv jarayoni ovqat tayyorlaş bloki hamda guruhlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganini körsatdi.
MTT faoliyati va epidemiologik tekşiruv natijalari asosida rahbar, hamşira va oziq-ovqat bloki masʼul hodimlariga nisbatan lavozimdan ozod etişgaça bölganmaʼmuriy çoralar körilişi mumkin.
Ayni vaqtda Bekobodning 15-sonli MTT faoliyati vaqtinça töxtatilgan, taşkilotda yuviş va dezinfektsiya tadbirlari amalga oşirilmoqda.
MAKTABGAÇA TAʼLIM VAZIRLIGI









