Behruz Karimov Yevropa jamoasiga ötdi

Behruz Karimov Yevropa jamoasiga ötdi

Özbekiston milliy terma jamoasi va “Surxon” himoyaçisi Behruz Karimov faoliyatini Şveytsariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi. Bu haqda ÖzPFL xabar berdi.

Maʼlumotlarga köra, 18 yoşli futbolçi Toşkentda yangi klubi uçun tibbiy körikdan ötgan va şu yerning özida “Lugano” bilan şartnoma imzolagan.

Endilikda Karimov Şveytsariyada işlaş uçun viza olişini kutmoqda. Tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgaç, futbolçi Luganoga yöl oladi.

Şveytsariyaning Contropiede naşri ham “Lugano” klubi “Surxon”dan 18 yoşli öng qanot himoyaçisi Behruz Karimovni öz safiga qöşib olganini xabar qilgan. Manbaga köra, klub hali transferni rasman eʼlon qilmagan bölsa-da, futbolçi şartnomani imzolab bölgan. “Lugano”ning rasmiy bayonoti esa yaqin vaqt içida eʼlon qilinişi kutilmoqda.

Maʼlumot uçun, Karimov “Odil Junior” tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U 2026 yilgi Jahon çempionatida Özbekiston milliy terma jamoasi safida Portugaliya va Kolumbiyaga qarşi öyinlarda maydonga tuşgan.

Karimovning transferi “Lugano”ning öng qanot himoyaçisi Mattia Zanottining kelajagi borasidagi noaniqliklar fonida amalga oşmoqda. Italiyalik futbolçining boşqa klubga ötişi kutilmoqda.

Ayni paytda “Lugano” Şveytsariya Superligasida ikki turdan keyin 6 oçko jamğarib, turnir jadvalida ikkinçi örinni egallab turibdi. “Yang Boyz” töplar nisbati böyiça peşqadamlik qilmoqda.


Teglar:
×