Ronaldu JÇning eng yomon futbolçilari ramziy jamoasiga kiritildi

Ronaldu JÇning eng yomon futbolçilari ramziy jamoasiga kiritildi

Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Qatarda yakunlangan jahon çempionatining eng yomon futbolçilari ramziy jamoasiga kiritildi.


Sofascore tomonidan tuzilgan uşbu ramziy jamoaga, şuningdek, Argentina termasi forvardi Lautaro Martines ham qöşildi.


Turnirda eng kamida 4ta öyinda iştirok etib, yomon öyin körsatgan futbolçilardan tuzilgan ramziy jamoa quyidagiça:


Darvozabon: Eduar Mendi – 6,30 (Senegal, «Çelsi»).


Himoyaçilar: Serjino Dest – 6,50 (AQŞ, «Milan»), Kamil Glik – 6,63 (Polşa, «Benevento»), Abdu Diallo – 6,47 (Senegal, «RB Leyptsig»), Bartoş Bereşinski – 6,42 (Polşa, «Sampdoriya»).


Yarim himoyaçilar: Metyu Lekki – 6,28 (Avstraliya, «Melburn Siti»), Xvan In Bom – 6,53 (Janubiy Koreya, «Olimpiakos»), Jekson Irvayn – 6,50 (Avstraliya, «Sankt-Pauli»), Ruben Vargas – 6,53 (Şveytsariya, «Augsburg»).


Hujumçilar: Kriştianu Ronaldu – 6,46 (Portugaliya), Lautaro Martines – 6,35 (Argentina, «Inter»).


Teglar:
×