Keça, 22 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Dizayn” jamoasiga nisbatan sud qarori ijrosi taʼminlanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Majburiy ijro byurosi uşbu xabarlar böyiça rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining 07.05.2021 yildagi daʼvogar S.S.ning javobgarlar (Dizayn jamoasi vakillari) D.M., Q.K., A.M. va S.F.ga nisbatan pul mablağlarini va foiz summasini undiriş haqidagi daʼvo arizasiga asosan daʼvogar S.S.ning foydasiga solidar tartibda 315 815 400 söm pul mablağlari, 7 389 215 söm foiz summasi, 12 928 184 söm davlat boji, jami 336 132 799 söm undiriş böyiça ijro varaqasi joriy yilning 16-17 dekabr kunlari Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga hududiy tuman bölimlariga yuborilgan.
Aniqlanişiça, qarzdor S.F.ning yaşaş manzili Yunusobod tumanida bölganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Yunusobod tuman bölimiga kelib tuşgan.
Bölim tomonidan Özbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunning (bundan keyingi örinlarda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga asosan ijro işi qözğatiş hamda Qonunning 42-1-moddasiga asosan javobgarga nisbatan Özbekiston Respublikasi hududidan çiqiş huquqlarini vaqtinça çeklaş töğrisidagi qarorlari qabul qilingan.
Xususan, qarzdor S.F.ning nomiga rasmiylaştirilgan mol-mulklarni aniqlaş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Qonunning 21, 87-moddasiga asosan taşkilotlarga sörovnomalar yuborilgan bölib, uning heç qayerda işlamayotganligi aniqlanib, nomiga rasmiylaştirilgan avtotransport vositalariga notarial holatlarni amalga oşirolmaslik uçun barça taqiqlar qöyilgan.
Şuningdek, bölimi tomonidan keça, 22 dekabr kuni ijro hujjatidagi qarzdorlikni ijrosini töliq taʼminlanişi uçun qarzdor S.F.ning nomiga rasmiylaştirilgan avtotransport vositalariga qidiruv eʼlon qilinib, Toşkent şahar IIB YHXB boşliğiga harakatda bölgan avtotransport vositalarini jarimaga maydoniga joylaştiriş böyiça qarori qabul qilingan.
Qarzdor M.A.ning ham yaşaş manzili Yunusobod tumanida bölganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Yunusobod tuman bölimiga kelib tuşgan.
Byuroning Yunusobod tuman bölimi tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro işi qözğatiş hamda Qonunning 42-1-moddasiga asosan javobgarga nisbatan Özbekiston Respublikasi hududidan çiqiş huquqlarini vaqtinça çeklaş töğrisidagi qarorlari qabul qilingan.
Xususan, qarzdor M.A.ning nomiga rasmiylaştirilgan mol-mulklarni aniqlaş maqsadida, Qonunning 21, 87-moddasiga asosan taşkilotlarga sörovnomalar yuborilib, qarzdorlikni undiriş böyiça ijro harakatlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, javobgarning nomiga rasmiylaştirilgan avtotransport vositalariga notarial holatlarni amalga oşirolmaslik uçun barça taqiqlar qöyilgan.
Şuningdek, bölimi tomonidan 22 dekabr kuni ijro hujjatidagi qarzdorlikni ijrosini töliq taʼminlanişi uçun qarzdor M.A.ning nomiga rasmiylaştirilgan avtotransport vositalariga qidiruv eʼlon qilinib, Toşkent şahar IIB YHXB boşliğiga harakatda bölgan avtotransport vositalarini jarimaga maydoniga joylaştiriş böyiça qarori qabul qilingan.
Qarzdor Q.K.ning yaşaş manzili Çilonzor tumanida bölganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Çilonzor tuman bölimiga kelib tuşgan.
Ijro harakatlari davomida fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining joriy yilning 20 avgustidagi xatiga asosan ijro harakatlari töxtatilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining joriy yilning 11 noyabridagi ijro harakatlarini davom ettiriş töğrisidagi xati bölim iş yurituviga 19 noyabr kuni kelib tuşgan.
Qarzdorga nisbatan çiqiş huquqlarini vaqtinça çeklaş töğrisida qaror qabul qilinib, qarzdorga tegişli 2 ta avtotrasnport vositasiga va 1 ta köçmas mulkka taqiq qöyilgan.
Qarzdor D.M.ning yaşaş manzili Çilonzor tumanida bölganligi sababli, ijro varaqasi Byuroning Çilonzor tuman bölimiga kelib tuşgan.
Ijro harakatlari davomida fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining joriy yilning 20 avgustidagi xatiga asosan ijro harakatlari töxtatilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining 11.11.2021 yildagi ijro harakatlarini davom ettiriş töğrisidagi xati bölim iş yurituviga 19.11.2021 yil kuni kelib tuşgan.
Qarzdorga nisbatan çiqiş huquqlarini vaqtinça çeklaş töğrisida qaror qabul qilinib, qarzdorga tegişli 1 ta avtotransport vositasiga taqiq qöyilgan.
Hozirda ijro harakatlari olib borilmoqda.









