Keça, 27 avgust kuni Yevropa Konferentsiyalar ligasi pley-off bosqiçi javob uçraşuvi doirasida Behruz Kapimov töp suradigan Şveytsariyaning “Lugano” jamoasi öz maydonida “Makkabi Tel-Aviv” ikki öyin natijasiga köra mağlubiyatga uçratdi. Natijada “Lugano” liga asosiy bosqiçiga yöl oldi.
Uçraşuv 1:1 hisobida yakunlandi. Birinçi bahsda “Lugano” 2:1 hisobida ğalaba qozongani bois, şveytsariyaliklar ikki öyin yakunlariga köra umumiy 3:2 hisobida ustun kelib, Konferentsiyalar ligasining umumiy bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Mazkur uçraşuvda özbekistonlik himoyaçi Behruz Karimov 82-daqiqada maydonga tuşib, “Lugano” safidagi debyut öyinini ötkazdi. U Renato Şteffen örniga maydonga tuşdi.
Şu tariqa, Behruz Karimov Yevropa klublar musobaqasidagi ilk uçraşuvini ötkazdi va “Lugano” bilan birga Konferentsiyalar ligasining umumiy bosqiçida iştirok etiş imkoniyatiga ega böldi.









