Aralaş qoidalar böyiça jang sanʼati (MMA) vakili bölgan özbekistonlik Mahmud Murodov UFC (Ultimate Fighting Championship) bilan şartnoma imzoladi. U mazkur taşkilot tarixidagi birinçi özbekistonlik MMA’çiga aylandi.
«Yaratgan menga bergan har bir narsa uçun Alhamdulillah. Bugun men dunyoning eng yaxşi taşkiloti UFC bilan şartnoma imzoladim. Jamoadoşlarim, birodarlarimga qilingan işlar uçun minnatdorçilik bildiraman. Birgalaşib tarix yaratmoqdamiz Alhamdulillah. UFC’dagi birinçi özbekman. Meni qöllab-quvvaltlaganingiz, işonganingiz uçun katta rahmat. Navbatdagi zafar sari birga boramiz Inşallah!», – deya instagram’dagi sahifasiga post joylagan 29 yoşli jangçi.









