JÇdan keyin ikki özbekistonlik futbolçining narxi keskin oşdi

JÇdan keyin ikki özbekistonlik futbolçining narxi keskin oşdi

Jahon çempionatidagi muvaffaqiyatli iştirok Özbekiston milliy terma jamoasining ikki futbolçisi — Behruz Karimov va Jahongir Örozovning transfer qiymati 1 mln yevrodan oşdi. Bu haqda “Transfermarkt” portali maʼlum qildi.

Portalning yangilangan maʼlumotlariga köra, terma jamoada eng katta ösişni Behruz Karimov qayd etdi. Agar 2026 yil 13 may holatiga uning bozor qiymati 350 ming yevroni taşkil etgan bölsa, mundialdan keyin bu körsatkiç 1 million yevroga yetdi. Şu tariqa, 18 yoşli futbolçining narxi qariyb uç baravarga oşdi. Karimov JÇ–2026 doirasida ikki uçraşuvda maydonga tuşib, özining işonçli harakatlari bilan mutaxassislar eʼtiborini qozondi.

Terma jamoada narxi 1 million yevrodan oşgan yana bir futbolçi Jahongir Örozov böldi. Mundialga qadar uning transfer qiymati 600 ming yevro deb baholangan bölsa, yangilangan reytingda bu körsatkiç 1,2 million yevroga yetdi. Örozov ham Jahon çempionatida ikki uçraşuvda iştirok etib, özining barqaror öyini bilan qiymatini ikki baravarga yaqin oşirişga erişdi.

Şu tariqa, Jahon çempionati nafaqat Özbekiston milliy terma jamoasi uçun tarixiy natija, balki futbolçilarning xalqaro transfer bozoridagi qiymatini oşirişda ham muhim omil böldi.


Teglar:
×