Bitkoin narxi keskin tuşib ketdi

Bitkoin narxi keskin tuşib ketdi

3 fevral kuni keçqurun bitkoin narxi 2024 yilning 6 noyabridan buyon ilk bor 72,9 ming dollargaça pasaydi.

Maʼlum qilinişiça, bu tuşiş AQŞda 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp ğalaba qozonganidan beri qayd etilgan eng past darajadir.

Trampning saylovdagi ğalabasidan söng kriptovalyutalar bozori keskin ösişni boşlagan, investorlar AQŞning yangi Prezidenti raqamli aktivlarga nisbatan döstona siyosat yuritişiga umid qilgan edi. Şu sababli kriptovalyutalar birin-ketin tarixiy rekordlarni yangilagan. Biroq, oradan sal köproq vaqt ötib, bozor avvalgi darajalariga qaytgan va erişilgan ösiş deyarli töliq yöqolgan.

Sönggi bir sutka içida bitkoin 2,8 foizga arzonlagan, bir hafta davomida esa uning qiymati 14 foizga pasaygan. Toşkent vaqti bilan soat 13:00 holatiga köra, bitkoin taxminan 76,4 ming dollar atrofida savdo qilingan. 2025 yilning 6 oktyabrda bitkoin tarixiy maksimum – 126 ming dollarga yetgan edi. Öşandan buyon uning narxi qariyb 40 foizga tuşdi.

Kriptovalyutalar bozorining umumiy kapitallaşuvi sönggi 24 soat içida 2 foizga qisqarib, 2,59 trillion dollarga tuşdi.


Teglar:
×