Google’da “ölat” sörovi keskin oşdi

Google’da “ölat” sörovi keskin oşdi

Rossiyada “ölat” haqidagi maʼlumotlarni qidiriş keskin oşdi. Joriy yilning 29 sentyabr–5 oktyabr kunlari Google’da uşbu sörovga qiziqiş 2800 foizga köpaygan. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilişiça, qiziqiş Şelexov şahridagi şifoxonalardan birida karantin joriy etilgani haqidagi xabarlardan keyin keskin oşgan.

Rossiya rasmiylari joriy yilning 29 sentyabr kuni Irkutsk ölatga qarşi kuraşiş instituti xodimasi oğir pnevmoniya simptomlari bilan şifoxonaga yotqizilgani va 1 dan 2 oktyabrga ötar keçasi vafot etganini xabar qilgan edi.

OAV u ölat qurboni bölgani haqida yozgan. Taxminlardan biriga köra, 27 yoşli ayol Möğuliston bilan çegarada ölat öçoği qayd etilgan Buryatiyaga xizmat safaridan qaytgan. Boşqa bir taxminga köra esa, u laboratoriyada xavfli bakteriya solingan probirkani tasodifan sindirib yuborgan. Ayolning ölimidan söng u yotqizilgan Şelexov şifoxonasi karantinga yopilgan, şuningdek, marhuma bilan muloqotda bölgan 189 kişi aniqlanib, şifoxonaga joylaştirilgan. Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev uşbu odamlarda kasallik belgilari aniqlanmaganini maʼlum qilgan.

Uşbu voqealar fonida Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston ehtiyot çoralarini kuçaytirdi. Xususan, Özbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi öta xavfli infektsiyalarning kirib kelişining oldini oliş uçun masʼul xizmatlarning şayligini oşirdi.

Şuningdek, 3 oktyabr kuni Baykalsk şahri maʼmuriyati fuqarolarni Şelexovga bormaslikka çaqirgan. Keyinçalik bu xabar öçirib taşlangan. Joriy yilning 4 oktyabr kuni esa Irkutskdagi bir neçta şifoxonalarda uç haftalik karantin joriy etilgan.

Rossiya rasmiylari esa uning ölatdan vafot etganini tasdiqlamagan. Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş va inson farovonligi sohasini nazorat qiliş federal xizmati (Rospotrebnadzor) bemorga “kelib çiqişi nomaʼlum pnevmoniya” taşxisi qöyilganini bildirgan.

Manba: Qalampir.uz

Teglar:
×