Özbekistonga pul ötkazmalari keskin oşdi

Özbekistonga pul ötkazmalari keskin oşdi

Joriy yilning 1-çoragida çet eldan Özbekistonga yuborilgan pul ötkazmalari keskin oşib, 3,3 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning joriy yilning 1-çoragi uçun tayyorlangan “Pul-kredit siyosati” şarhida keltirilgan.

Unga köra, Özbekistonda sönggi davrlarda daromadlar ösişi özgaruvçanligining asosiy omili çet eldan pul ötkazmalari bölib qolmoqda.

Xususan, 2025 yilning yanvar-mart oylarida pul ötkazmalari 32 foizga ösib, 3,3 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 800 mln dollarga köp degani.

“Yuqori ösiş asosiy savdo hamkorlarning valyutalari mustahkamlanişi hamda mehnat haqi yuqoriroq davlatlarga migrantlar oqimi oşişi bilan izohlanmoqda”, deyiladi hisobotda.


×