MyGov saytini soxtalaştirib, 456 kişining pulini ömarganlar uşlandi

MyGov saytini soxtalaştirib, 456 kişining pulini ömarganlar uşlandi

Soxta mygov.uz platformasi orqali fuqarolarning bank kartalaridagi pullarni özlaştirib kelgan kiberjinoyatçilar guruhi foş etildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 1993 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan şaxs davlatning rasmiy mygov.uz platformasiga öxşaş soxta sayt yaratib, Instagram ijtimoiy tarmoği orqali uni “kompensatsiya rasmiylaştiriş markazi” sifatida reklama qilgan. Fuqarolar soxta havola orqali saytga kirib, anketa töldirgan va bank kartasi maʼlumotlarini kiritgan. Şundan söng ularning hisobidagi pullar öğirlangan.

Qayd etilişiça, gumonlanuvçi jinoiy faoliyatiga 2002 va 2006 yillarda tuğilgan yana ikki nafar şaxsni ham jalb qilgan. Ular 26 nafar fuqaro nomiga rasmiylaştirilgan 293 ta “drop” bank kartasidan foydalangan. Özlaştirilgan mablağlar mazkur kartalarga ötkazilib, keyinçalik Telegram’dagi maxsus kripto-botlar orqali kripto-aktivlarga aylantirilgan.

Bildirilişiça, jinoiy guruh respublika böylab 456 nafar fuqarodan 1 milliard sömdan ortiq mablağni özlaştirgan. Mazkur holat Andijon viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlangan.

Hozirda gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 278-6-moddasi (zarar keltiruvçi dasturlarni yaratiş, işlatiş yoki tarqatiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×