Toşkent şahrida 200 ming sömlik qalbaki kupyuralarni tayyorlagan şaxslar qölga olindi.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning ijtimoiy sohada korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi, Çilonzor tumani bölimi va Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.A. fuqaro J.X.ga 200 ming sömlik kupyuradagi jami 300 dona 60 mln söm qalbaki pullarni 20 mln sömga sotgan vaqtida uşlanib, uning «Monza» rusumli avtomaşinasidan 4 dona qalbaki kupyura hamda 200 ming sömlik milliy valyuta surati tuşirilgan 89 dona A4 formatdagi qoğozlar, çizğiç, qayçi va kantselyariya piçoği hamda fuqarolar D.T. va J.Z.dan kompyuter va rangli printer aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









