Yunusoboddagi janjalda piçoqlangan 4 kişining 2 nafari vafot etdi

Yunusoboddagi janjalda piçoqlangan 4 kişining 2 nafari vafot etdi

Toşkent şahri Yunusobod tumanida bir guruh şaxslar özaro janjallaşişi oqibatida 2 kişi vafot etdi, deya xabar bermoqda Boş prokuratura.

Qayd etilişiça, 2020 yil 20 sentyabr kuni soat 06:00 larda Yunusobod tumani, Amir Temur köçasida joylaşgan tungi klubdan çiqqan şaxslar köçada turgan boşqa bir guruh şaxslar bilan özaro janjallaşgan.

Janjal vaqtida fuqaro S.X. yonida bölgan piçoq bilan 4 nafar şaxsga bir neça marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yaşiringan.

Oqibatda 2 nafar şaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarining hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan şu kuni Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «l» bandlari (bezorilik oqibatida ikki yoki undan ortiq şaxsni öldiriş), 25,97-moddasi 2-qismi «a», «l» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

S.X. protsessual tartibda uşlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

×