Özbekistonda “Barselona” akademiyasi oçilişi mumkin

Özbekistonda “Barselona” akademiyasi oçilişi mumkin

Özbekistonda Ispaniyaning “Barselona” futbol klubiga tegişli bölgan loyiha doirasida “Barca academy” akademiyasi taşkil etilişi mumkin. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 14 iyul kuni Sport vaziri Adham Ikramov boşçiligida Zoom platformasi orqali “Barselona” klubi vakillari bilan onlayn uçraşuv bölib ötgan. Unda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov, “Barselona” klubi ijroiya jamoasi aʼzosi Sesar Martines hamda klubning bilimlar, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar platformasi – Barca Innovation Hub boş direktori Albert Mundet iştirok etgan. 

Muloqot davomida Özbekistonda bolalar va ösmirlar futbolini rivojlantiriş, yoş futbolçilarni xalqaro standartlar asosida tayyorlaş hamda zamonaviy futbol metodologiyasini joriy etiş maqsadida “Barselona” klubining rasmiy xalqaro futbol akademiyasi – “Barca Academy” loyihasini Özbekistonda amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilingan. 

Tomonlar “Barca Academy” faoliyati, uning maşhur La Masia akademiyasi metodologiyasiga asoslangan taʼlim tizimi, murabbiylar malakasini oşiriş, zamonaviy futbol falsafasini joriy etiş va iqtidorli futbolçilarni saralaş borasidagi tajribasi yuzasidan fikr almaşgan. 

Şuningdek, Markaziy Osiyodagi ilk rasmiy “Barsa Academy” 2023 yilda Qirğiz Respublikasining Jalolobod şahrida iş boşlagani, ayni paytda Bişkek şahrida ikkinçi akademiyani taşkil etiş işlari olib borilayotgani ham qayd etilgan. 

Uçraşuv yakunida tomonlar Özbekistonda “Barsa Academy” loyihasini amalga oşiriş imkoniyatlarini birgalikda örganiş, bolalar va ösmirlar futbolini rivojlantiriş, mahalliy murabbiylar malakasini oşiriş hamda futbol sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelgusidagi hamkorlik yönalişlarini muhokama qilgan.


Teglar:
×