Maʼlum qilinişiça, Rossiyaning Tomsk şahrida istiqomat qiluvçi fuqarosi IT-maktabning eng yoş bitiruvçisi bölgan va unga ««33 Penguins» (muzqaymoq işlab çiqaruvçi) kompaniyasi bilan hamkorlik qiliş taklif qilingan.
Tomsklik 16 yoşli Aleksandraning sözlariga köra, u şaxsiy brend böyiça kurslarni tugatgandan söng xalqaro kompaniya bilan hamkorlik qilişni, şuningdek, TikTok va Instagram’da pul işlaşni boşlagan. «Zamonaviy dunyoda hattoki Tomskdagi öspirinlar ham ijtimoiy tarmoqlarda öz bizneslarini boşlaşlari mumkin, buni mening misolim isbotlaydi!» — deydi qiz.
Bolalar IT-maktabi direktori Vitaliy Xilkoning taʼkidlaşiça, 2020 yilda Tomskda yoşlar biznes işlariga köproq taklif qilingan. Buning sababi şundaki, biznes yoşlar auditoriyasi bilan bir tilda «gaplaşişi» kerak. Sönggi paytlarda innovatsion kompaniyalar mahsulot işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalarida ösmirlarni körişni xohlamoqda. Aytilişiça, yoşi katta yetakçilardan köra yoşlar buni yaxşiroq uddalaydi.
«Vazifamiz ösmirlardan tarkib topgan yoşlar auditoriyasini qamrab oliş edi. Biz uçun bu — TikTok va Instagram’da kattalar tomonidan emas, balki ijodkor yoşlar yaratgan birinçi va muvaffaqiyatli tajriba. Yangi yil mahsuloti haqidagi video Aleksandra tomonidan joylaştirildi. TikTok’da bu reklama 20 000, şaxsiy profilida 1100 marta, Instagram’da esa 6 500 marta körilgan va 1000 dan ortiq ‘layk’ yiğgan», — deydi «33 Penguins TM»ning katta sotuvçisi Kirill Stepiko.
«Hozir IT-maktabida 30 dan ortiq bola öqiydi, ularning eng kiçigi 10 yoşda. Ajablanarlisi şundaki, hatto Tomskda ham tadbirkorlar biznesga yoşlarni jalb qiliş kerakligini tuşunişadi. Biznesning ‘öyin’ qoidalari har yili özgarib borişi va zamonaviy tendentsiyalarni faqat yoşlar egallay oladi. Agar menejerlar sotişda natijalarga erişsa, ular yoşlar bilan hamkorlik qilişga va ularning tavsiyalarini tinglaşga majburdir», deyiladi xabarda.
Şuning uçun Vitaliy Xilko Rossiyada birinçi TikTok fakultetini Tomsk politexnika universiteti bazasida oçişni taklif qilgan. Universitet esa taşabbusni qöllab-quvvatlagan. Tez fursatda fakultetni işga tuşiriş böyiça işçi yiğilişi bölib ötadi.









