Belarusdagi hibsxonada özbekistonlik ayolning közi yoridi

Belarusdagi hibsxonada özbekistonlik ayolning közi yoridi

Belarusdagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan özbekistonlik ayolning közi yoridi. Uning farzandi Özbekistonga olib kelindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) xabar berdi. 

Qayd etilişiça, joriy yilning 15 may kuni Özbekiston delegatsiyasi aʼzolari Ombudsman taşabbusi bilan Minsk şahridagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan Özbekiston fuqarolari bilan uçraşuv ötkazgan.

Uçraşuv davomida muassasada saqlanayotgan Özbekiston fuqarosi homilador ekani, tergov hibsxonasi şaroitida farzandi dunyoga kelganidan söng uni zarur darajada parvarişlaş imkoniyati çeklanganini bildirib, bolaning Özbekistondagi yaqin qarindoşlari qaramoğida bölişini istaşini maʼlum qilgan. Şu munosabat bilan u farzandi tuğilganidan keyin uni belgilangan tartibda Özbekistonga qaytariş va yaqin qarindoşlari qaramoğiga topşiriş masalasida amaliy yordam söragan.

Murojaat nazoratga olinib, farzand tuğilganidan söng tegişli davlat organlari va Özbekistonning Belarus Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi, MDH Inson huquqlari böyiça komissiyasi hamkorligida zarur huquqiy hamda konsullik tartib-taomillari amalga oşirilgan.

Natijada çaqaloqning Özbekistonga qaytarilişi uçun zarur hujjatlar rasmiylaştirilgan. Joriy yil iyul oyida çaqaloq yaqin qarindoşlari qaramoğiga topşirilib, Özbekistonga olib kelingan.


Teglar:
×