Özbekistonda 15 mart kuni koronavirus bilan kasallaniş holati qayd etildi. Boş vazir Abdulla Aripov iştirokida şu kuni ötkazilgan maxsus brifingda maʼlum qilinişiça, ayol bilan birga Toşkentga 11 mart kuni 45 yölovçi uçib kelgan (avvalroq 48 yölovçi deyilgandi), ularning yarmi çet el fuqarolari bölib, Özbekistondan keyingi manziliga uçib ketgan.
Brifingda maʼlum qilinişiça, kasallangan ayolning özi asli oliy toifali şifokor, hatto öziga tegişli tibbiyot muassasasi ham bor. U 15 martga ötar keçasi Virusologiya institutiga murojaat qilgan. Çamasi ikki soatlar ötib, tahlil natijalari çiqqan va unda koronavirus infektsiyasi borligi aniqlangan, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
Qayd etişlariça, bemor ayol bilan muloqotda bölgan töqqiz nafar oila aʼzosi izolyatsiyaga olingan. Undan taşqari, şu reysda kelib, Özbekistonda qolgan yölovçilarning bari aniqlanib, ular ham izolyatsiyaga olingan. «Umumiy 150 kişi izolyatsiyaga olingan», — deya maʼlum qilindi brifingda.
Abdulla Aripov iştirokidagi brifingda Özbekistondagi barça maktablar, boğçalar va OTMlar karantinga yopilişi, Navröz sayillari, ommaviy marosimlar bekor qilinişi eʼlon qilindi.









