Atamboyev hibsxonada qanday şaroitda saqlanayotgani aytildi

Atamboyev hibsxonada qanday şaroitda saqlanayotgani aytildi

Qiynoqlarning oldini oliş böyiça markaz rahbari Nurdin Sulaymonov Qirğiziston Respublikasining sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni vaqtinça saqlaş hibsxonasidagi şaroitlar bilan tanişdi. Bu haqda Sputnik Qirğiziston xabar bermoqda. 

Xabarda aytilişiça, Almazbek Atamboyev ikki örinli kamerada saqlanmoqda. Siyosatçi izolyator xodimlari harakatlariga heç qanday eʼtiroz bildirmagan. U har kuni kuniga uç martadan tibbiy körikdan ötmoqda. Şifokorlar uning qon bosimini ölçab bormoqda, kerakli dorilar mavjud. Advokatlik yordami körsatilmoqda.

Atamboyev ikkita masala hal qilinişi uçun yordam söragan: keçasi çiroqni öçiriş va eşikni yopişga ruxsat oliş.

Qiynoqlarni oldini oliş markazi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbariyatiga siyosatçining iltimoslarini körib çiqişni tavsiya qildi.

Eslatib ötamiz, sobiq davlat rahbari avvaliga Jinoyat kodeksining "Korruptsiya" haqidagi 319-moddasini buzganlikda ayblangandi. Keyinroq unga Qirğiziston Boş prokuraturasi tomonidan qotillik va boşqa oğir jinoyatlarda ayblov eʼlon qilindi. U joriy yilning 9 avgust kuni 18 kunga hibsga olingan edi. 

×